250
Keton tanachalari metabolizmi
Atsetoatsetat,
β−
oksibutirat va atseton birgalikda
keton tanachalari
deb ataladi. Ular jigarda yog‘ kislotalari parchalanishidan hosil bo‘lgan
atsetil-KoAdan sintezlanadi.
Periferik to‘qimalarda
β−
oksibutirat oksidlanib atsetoatsetatga
o‘tadi. U o‘z navbatida atsil-KoA-sintetaza ta’sirida atseto-atsetil-KoA
hosil qiladi. Atsetoatsetil ikki molekula atsetil-KoAga aylanadi va u
o‘z navbatida Krebs halqasida oxirgi mahsulotgacha parchalanadi.
Shunga ko‘ra keton tanachalari organizmda energetik balansni
ta’minlashda muhim energetik ahamiyatga ega.
Chunki jigardan boshqa
yurak, buyrak kabi a’zolar uchun keton tanachalari energetik manba
vazifasini o‘taydi. Postabsorbtiv holatda keton tanachalari miqdori
qonda juda kam – 3 mg % gacha bo‘ladi; ochlikda 40-50 mg % gacha
ko‘tarilishi mumkin.
Keton tanachalarini qayta limon halqasiga kirish va oksidlanishi
uchun yetarli miqdorda oksaloatsetat bo‘lishi kerak.
Och qolganda, qandli diabetda glyukoza
yetishmaganligi sababli
suksinil-KoA va oksaloatsetat yetishmagani uchun keton tanachalar
miqdori qonda ortadi. Shuning uchun qandli diabetni og‘ir shakli
komatoz holatidagi kasal og‘zidan atseton hidi keladi.
Demak, suksinil KoA va oksaloatsetat yetishmasligida keton
tanachalar sarflanishi susayadi va qondagi miqdori ortadi. Yurak va
skelet mushaklarda keton tanachalar
oziga xos metabolitlar deb
hisoblanadi. Sog‘lom odamda keton tanachalar kam hosil bo‘ladilar va
faqat ovqat tarkibida yog‘lar uglevodlarga nisbatan ortib ketsa
ketonemiya kuzatiladi.
Qonda
β−
oksibutirat (
β
-oksimoy kislota), atsetosirka kislota va
atseton miqdori ortishi
ketonemiya
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: