Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Ketonuriya
Siydikda keton tanachalari miqdorining ortishi 
ketonuriya
deyiladi.
Soglom odamda siydikdagi keton tanachalarning miqdori 125 mg/100
ml teng. Keton tanachalarning salbiy ta’siri ular o‘rta kuchli kislota
xossalariga ega bo‘lib, siydikda anion shaklida bo‘ladi. Siydik bilan
chiqayotganda keton tanachalar natriy ioni bilan bog‘lanib chiqadilar.
Qonda va boshqa suyuqliklarda kationlarni kamayishi atsidoz yoki
ketoatsidozga olib keladi. Kationlar o‘z navbatda suvni organizmdan
chiqib ketishiga sababchi bo‘ladilar va natijada nerv tizimida arefleksiya
va koma holati kuzatiladi.


251
Giperlipoproteinemiyalar
Qonda tashiladigan lipidlarning umumiy miqdori ovqatlanish
maromiga, uning tarkibiga, inson yoshiga, uning yashash sharoitiga,
shu jumladan, iqlimi va yilning fasllariga ma’lum darajada bog‘liq
bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich hatto bir kecha-kunduz davomida ham sezilarli
darajada o‘zgarib boradi. Gap shundaki, ovqat yeyilgandan keyin 4-5
soat davomida qonda lipoproteidlar konsentratsiyasi xilomikronlar
hisobiga ortib boradi. Qondagi lipidlar umumiy miqdorini aniqlash
uchun qon nonushtadan oldin olinadi. Bunday qonda xilomikronlar
bo‘lmaydi va faqat ZJPL (lipidlar umumiy miqdorining 15 foiz). ZPL
(60%) va ZYL (25%) mavjud bo‘lib, ular birgalikda qondagi lipidlarning
umumiy miqdorini tashkil etadi. Qonning bu ko‘rsatkichi Ozbekiston
sharoitida yashovchi odamlarda qonidagiga qaraganda anchagina past
darajada bo‘lib, 630-670 mg % (ortacha 650±11,3mg %) ga teng
(O.A.Abrarov, A.R.Isroilov, 1985). Qondagi triglitserid va xolesterinlar
lipoproteinlar tarkibida bo‘ladi. Triglitseridlarning qondagi
konsentratsiyasi 105-120 (ortacha 113±3,7) g %ni tashkil etadi,
xolesterinning umumiy miqdori 165,0±176,0 mg % atrofida bo‘lib,
ortacha 170±3,3 mg %ni tashkil etadi. Uning 13,0% ZJPL tarkibida,
67,0% ZPL va 20,0% ZYL tarkibida bo‘ladi (O.A.Abrarov, A.R.Israilov,
1985; O.A.Levkovich, 1994).
Qonda lipoproteinlar konsentratsiyasining me’yordan ortib ketishi
lipoproteinemiya
deyiladi. Bunda bir yola xolesterin va triglitseridlar
miqdori ham ko‘payadi. Xolesterin miqdorining ortishi ZPL va ZYL
lar konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, triglitseridlar konsentratsiyasi
esa xilomikronlar va ZJPLlar miqdori bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra
lipoproteinemiyalarning uchta shakli tafovut etiladi:
- Giperxolesterinemiya (ZPL yoki ZYL konsentratsiyasi ortgan).
- Gipertriglitserinemiya (xilomikronlar yoki EJPL konsentratsiyasi
oshgan).
- Aralash shakli.
Kelib chiqish mexanizmiga ko‘ra giperlipoproteinemiyalarning
birlamchi (tug‘ma) va ikkilamchi (turmushda orttirilgan) xillari farq
qilinadi. Tug‘ma giperlipoproteinemiyaga lipoproteinlipazaning
tug‘ilishdan nuqsonli, ya’ni faolligi ancha pasaygan holda bo‘lishi bilan
bog‘liq bo‘lgan giperxilomikronemiya hamda ZPL katabolizmining
pasayishi tufayli vujudga keladigan giperxolesterinemiya yoki 
β−
lipoproteinemiyalar misol bo‘la oladi. Ikkilamchi giperlipo-
proteinemiyalar qandli diabet, surunkali gepatit va alkogolizm kabi
kasalliklarda kuzatiladi.


252

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin