Biokimyo pmd


Xolesterinning organizmdagi ahamiyati



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Xolesterinning organizmdagi ahamiyati
- xolesterin biomembranalar tarkibiga kiradi;
- undan o‘t kislotalari sintezlanadi;
- undan steroid gormonlar, shu jumladan, jinsiy gormonlar
sintezlanadi;
- undan vitamin D
3
sintezlanadi.
Ateroskleroz nazariyalari
Hozirgi vaqtda aterosklerozning kelib chiqishiga oid yaratilgan bir
necha nazariyalar mavjud. Shulardan Anichkovning 
infiltratsion
nazariyasi bo‘lib, bu nazariyaga binoan «Xolestrinsiz ateroskleroz
bo‘lmaydi». Boshqa nazariyaga binoan lipoproteinlarning oqsil qismida
o‘zgarish bo‘lib u organizmlarga yot bo‘lgan holda immunologik
reaksiyalar kuchayishiga olib keladi (Klimovning 
autoimmun
nazariyasi). Amerikalik olimlar Goldsteyn va Braunlar tomonidan
yaratilgan nazariyaga binoan ateroskleroz kelib chiqishiga
dislipoproteinemiyaning
ahamiyati cheksizdir. Ushbu nazariyalarga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Autoimmun nazariya (A. N. Klimov)
Odam organizmida autoimmun xossalariga ega bo‘lgan ZJPLP yoki
ZPLP hosil bo‘ladi. Bu lipoproteinlarning oqsil qismlariga qarshi antitelo
ishlab chiqariladi. Immun kompleksi antitelo va ZJPLP hosil bo‘ladi.
Bu esa endotelial hujayralar o‘tkazuvchanligini buzilishi va kompleksni
tomir devorida to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Arterial qon tomir
devorini o‘tkazuvchanligining ortishi arteriyaga lipoproteinlar kirishiga
qulay sharoit tugdiradi.
ZYLP 7-12 nm diametriga ega va markazida gidrofob yog‘ qismi
va atrofida fosfolipid va globulyar apoprotein qatlami bo‘ladi. Bu qatlam
zarrachani eruvchanligini ta’minlaydi.
Oqsil qismi 2 xil apoproteindan iborat: apo-A va ano-C. Apoprotein
A ning apo-A-1 apo-A-2 lar oqsil qismini 90% tashkil etadi. Ular o‘zaro


255
aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi, birlamchi va ikkilamchi
strukturalari va immunologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Apoprotein-
A-1 ning molekuyar massasi 28000 va apo-A-2 ning 17000 daltonga
teng.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin