Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Oqsillar hazmlanishi
Oqsillar va peptidlarni hazmlanishida ishtirok etuvchi proteolitik
fermentlar oshqozon-ichak yollarida proferment sifatida sintezlanadi
va ajralib chiqadi. Ular nofaoldir va ozining oqsillarini parchalamaydi.
Me’dada oqsillarni hazmlanishi
Me’dada oqsillar pepsin proteolitik ferment ta’sirida hazm bo‘lib
boradi va bu jarayonda me’da shirasining xlorid kislotasi muhim rol
o‘ynaydi. Xlorid kislota me’da bezlarining qoshimcha hujayralarida
hosil bo‘ladi va me’da boshligiga ajralib chiqadi. Me’da boshligida
uning konsentratsiyasi 0,16 M (taxminan 0,5% ga) yetadi. Shuning
hisobiga me’da shirasiga pH qimmati pastdir, yani 1-2 atrofida bo‘ladi.
Emadigan yosh bolalarning me’da shirasida sutni ivitadigan renin
fermenti bo‘ladi. Ca
2+
ishtirokida renin sutning erigan kazeinlarini
erimaydigan shaklga aylantiradi. Ma’lumki, suyuqliklar me’dada uzoq
turmaydi. Sut ivitishning fiziologik ahamiyati uning oqsillari hazm
bo‘ladigan vaqtgacha me’dada ushlab turishdan iboratdir. Katta yoshli
odamlar me’dasida renin bo‘lmaydi. Ularda sut kislotali muhit bilan
pepsinning birgalikda ta’sir qilishi natijasida ivib ketadi. Me’dada,
pepsin ta’sirida, oqsillardan turli xil kattalikda polipeptidlar va ehtimol,
uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi.
Me da shirasi rangsiz suyuqlik bo‘lib, kuchli kislotali reaksiyaga
egadir. Odamda sutkasiga 1,5 litr oshqozon shirasi ajralib chiqadi.Uning
tarkibida suv, oqsillar, fermentlar (pepsin, gastriksin, renin, mutsin,
gastrin gormoni, xlorid kislota, kislota muhiti yaratuvchi fosfatlar va
qator boshqa moddalar) mavjuddir (22-jadval).
22-jadval
Me’da shirasining tarkibi
Solishtirma og‘irligi
1,006-1,009
pH 1,5-2,0
Suv
99,0-99,2%
Quruq qoldiq
0,8-1,0%
Organik moddalar 0,4-0,5%
Xloridlar (xlorid k-ta va uning tuzlari) 0,5-0,65%
Xlorid k-ta umumiysi
0,45-0,6%
Erkin xlorid k-ta 0,2-0,5%
Boglangan xlorid k-ta
0,04-0,08%
Oqsil
0,4%


260
Me’da bezlarining asosiy hujayralarida pepsinning o‘tmishdoshi
pepsinogen oqsil sintezlanadi. Uning molekulyar og‘irligi 40000.
Pepsinogen polipeptid zanjiri pepsin (molekulyar massasi 34000),
pepsin ingibitori (molekulyar massasi 3100) va qoldiq polipeptiddan
iborat. Pepsin ingibitori lizinni 8 qoldig‘i va argininni 4 qoldig‘ini tutgani
uchun kuchli asos xususiyatiga egadir. Me’da bezlarining shirasida
pepsinogendan molekulasining 42 ta aminokislota qoldig‘ini o‘z ichiga
oladigan N-uchli qismi ajralib chiqadi. Oldin polipeptid qoldiq ajraladi,
so‘ng ingibitorni ajralishi kuzatiladi. Qolgan qismining konformatsion
tarzda qayta qurilishi natijasida faol markaz yuzaga keladi. Pepsin
fermenti hosil bo‘ladi. Pepsinogenning pepsinga aylanishi xlorid kislota
yoki pepsinning oz ta’siri bilan, yani autokatalitik yo‘l bilan borishi
mumkin.
HCI
Pepsinogen —

pepsin (asta-sekin)
pepsin
Pepsinogen —

pepsin (tez)
Xlorid kislota ishtirokida yuzaga chiqadigan reaksiya asta-sekin
rivojlanadi. Holbuki, autokatalitik jarayon juda tez o‘tadi. Shunday qilib
xlorid kislota ishtirokida hosil bo‘lgan biroz miqdorda pepsin me’da
shirasi ajralib chiqqandan keyin ko‘p otmay pepsinogen qolgan
qismining tezgina pepsinga aylanishiga olib keladi.
Pepsin peptid zanjirining uchlaridan olisdagi peptid bog‘larini
gidrolizlaydi, bunday peptidgidrolazalar 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin