Biokimyo pmd


Yog‘larning so‘rilishi va ichak devorida resintezi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Yog‘larning so‘rilishi va ichak devorida resintezi
Yog‘lar so‘rilishi ichak devorida roy beradi. Bunda yog‘lar
hazmlanishidan hosil bo‘lgan yog‘ kislota va glitserin o‘t kislotalar bilan
mitsellalar hosil qilib pinotsitoz yoli yoki diffuz yo‘li bilan enterotsitlarga
so‘riladi.
Ichak devorida so‘rilgan glitserin va yog‘ kislotalaridan qayta
triglitseridlar sintezlanadi va bu reaksiya ketma-ketligi 
resintez 
deb
nomlanadi. Ichak epiteliy hujayralarida yog‘ning resintezi asosan
quyidagicha bo‘ladi: dastlab yog‘ kislota faollashib atsil-KoAga


242
aylanadi, glitserin 3-fosfoglitseringa aylanadi. Ulardan dastlab
monoglitserid so‘ng di- va triglitseridlar hosil bo‘ladi.
Monoglitserid + R-CO-S-KoA 

Diglitserid + HS-KoA
Diglitserid + R
1
-CO-S-KoA 

Triglitserid + HS-KoA
Yog‘liq ovqat iste’mol qilingandan so‘ng 4-5 soatdan so‘ng qonda
yog‘lar miqdori maksimal me’yoriga yetadi va 10-12 soatdan so ng
yog‘lar miqdori me’yor darajasiga qaytadi.
Yog‘larning qondagi transport shakllari
Qayta sintezlangan triglitseridlar, fosfolipidlar va xolesterin oqsil
bilan birga xilomikron hosil qiladi. Xilomikronlarning zichligi juda past
(0,95 dan kam) va diametri katta bo‘lib, ular kapillyarlarga o‘ta olmaydi
va shuning uchun limfa orqali tashiladi. Limfa tomirlari yigilib limfa
tugunlaridan o‘tadi va retikulyar hujayralar aro o‘tib umumiy limfa
tomiri orqali yuqori kovak venaga quyiladi.
Qon tarkibidagi yog‘larning transport shakli murakkab oqsillar
guruhiga kirib lipoproteinlar deb nomlanadi. Lipoproteinlar ozaro
zichligi va tarkibiga binoan farqlanadi:
20-jadval
Odam qoni lipoproteidlari tarkibi (%)
Lipoproteinlar Oqsillar Triatsilglitserinlar Xolesterin Fosfolipidlar Zichligi g/ml
Efirlar Erkin
xilomikronlar 2
85
4
2
7
0,95
ZJPL (pre
β
)
10
50
15
7
18
0,95-1,0
ZPL (
β
)
25
7 40
7
21
1,0-1,06
ZYL (
α
)
45
5 20
5
25
1,06-1,21
ZYL jigarda hosil bo‘ladi. To‘qimalardagi ortiqcha xolesterinni
biriktirib oladi. Undagi LXAT (lesitin-xolesterol-atsil-transferaza)
fermenti ta’sirida erkin holesterin xolesteridga aylanadi.
ZYL qon plazmasida yashash muddati 4 kunga teng va bu LP
almashinuvi nefrotik sindromda, gipertriglitseridemiyada va
uglevodlarga boy bo‘lgan ovqat iste’mol qilinganda tezlashadi.
ZYL vazifalari:
Toqimalardan xolesterinni olib chiqib, ularning to‘planishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Toqimalarning ZPLni yutib olishiga manfiy ta’sir etadi va shu bilan
to‘qimaga kam xolesterin tushadi.


243
Qon tomiridagi triglitseridlar almashinuvida ishtirok etadi.
ZYL miqdori ortishi quyidagi holatlarda bo‘ladi:
ayollarda yuqori bo‘ladi;
estrogenlar ta’sirida oshadi;
jismoniy harakatchanlikda;
alkogol iste’mol qilinganda.
ZYL miqdori kamayishi quyidagi holatlarda bo‘ladi:
erkaklarda past bo‘ladi;
progesteron ta’sirida;
semizlikda;
uglevodlar ko‘p miqdorda bo‘lgan taomlar iste’mol qilganda;
qandli diabetda;
chekish natijasida.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin