237
Gangliozidlar tarkibida yuqori yog‘ kislota, spirto-sfingozin, D-
glyukoza, D-galaktoza va N-atsetilglyukozamin
yoki N-atsetilneyramin
kislota mavjud. Gangliozidlar ko‘proq miyaning kulrang moddasida,
nerv va glial hujayralarning plazmatik membranalarida ko‘p miqdorda
bo‘ladi.
Steroidlar
Steroidlar
tabiatda keng
tarqalgan birikmalar bo lib,
siklopentanopergidrofenantren halqasini tutadi. Buyrak usti bezining
po‘stloq qismida sintezlanuvchi gormonlar,
jinsiy gormonlar, xolesterin
steroidlar guruhiga mansub. Odam organizmida steroidlar guruhiga
mansub bo‘lgan sterinlar (sterollar), yani
steroidning spirt shakllari
alohida ahamiyatga ega. Ularning eng muhimi xolesterin (xolesterol):
238
Xolesterin molekulasidagi gidroksil guruhi yog‘ kislotasi bilan
birikib xolesterin efiri xolesteridni hosil qiladi.
Mumlar
yuqori molekulali yog‘ kislotalari va yuqori molekulali
bir yoki ikki atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir.
Teri, yung, patlar ustini qoplovchi yog‘
moddalarning tarkibida
mumlar bor. Osimliklar bargi, mevasini qoplovchi lipidlarning 80% ini
mumlar tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: