Biokimyo pmd


Gipofiz o‘rta bo‘lagi gormonlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Gipofiz o‘rta bo‘lagi gormonlari
Gipofizning o‘rta bo‘lagida 
α−
va 
β−
melanostimullovchi (
α−
MSG
va 
β−
MSG) gormonlar sintezlanib qonga o‘tadi. 
α−
MSG 13
aminokislotadan, 
β−
MSG esa 22 aminokislotadan tuzilgan peptidlardir.


335
Melanotropinlarning fiziologik vazifasi, melaninogenez pigment
hujayralari (melanotsitlar) sonining ko‘payishini stimullashdan iboratdir.
Buyrak usti bezi gormonlari
Buyrak usti bezlari morfologik va funksional jihatdan individual
bo‘lgan ikkita: mag‘iz va po‘stloq qismlardan iborat. Mag‘iz qismi
xromaffin yoki adrenal tizimga kirib, aminokislota unumi bo‘lgan
gormonlarni ishlab chiqaradi. Po‘stloq qismi epitelial hujayralardan
iborat bo‘lib, steroid tabiatli gormonlarni ishlab chiqaradi.
Buyrak usti bezini po‘stloq qismi gormonlari
Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarining umumiy nomi
kortikoidlar yoki kortikosteroidlar deyiladi va ular shartli ravishda ikkita
guruhga bo‘linadi: glyukokortikoidlar (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va
nuklein kislotalar almashinuviga ta’sir etuvchi gormonlar) va
mineralokortikoidlar (tuzlar va suv almashinuviga ta’sir etuvchi
gormonlar). Hozirgi vaqtda odam, cho‘chqa va ho‘kiz buyrak usti bezi
po‘stloq qismidan 50 ga yaqin birikmalar ajratilgan. Steroidlarni
umumiy soni 100 dan ortiq bo‘lib, lekin ularning hammasi ham faollikka
ega emas.
Kortikosteroidlar strukturasining asosida siklopentanper-
gidrofenantren halqasi yotadi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi biologik
faollikka ega bo‘lgan gormonlarni qurilishida 21 uglerod atomining
bo‘lishi umumiy bo‘lib, ular pregnanning unumlari hisoblanadilar.
Bundan tashqari ular uchun quyidagi struktur belgilar: 4 va 5 uglerod
atomlari orasida qo‘sh bog‘ni, 3-uglerod atomida keton guruhi (C=O),
17-uglerod atomida yon zanjirni (-CO-CH
2
-OH) bo‘lishi xarakterlidir.
Odam va ko‘pchilik hayvonlarda buyrak usti bezi po‘stloq qismini
5 gormoni keng tarqalgan:


336
Xolesterin kortikosteroidlarning o‘tmishdoshi bo‘lib, steroidogenez
jarayoni gipofiz AKTG bilan boshqariladi. O‘z navbatida gipofizda
AKTG sintezi, demak, buyrak usti bezida kortikosteroidlarni sintezini
gipotalamus boshqaradi. U stress holatlarga javoban kortikoliberin ishlab
chiqaradi. AKTGning buyrak usti beziga tez (qisqa vaqt) va sekin
(surunkali) ta’sir etishi isbotlangan, o‘tkir holatlarda bez to‘qimasi qisqa
davrli kortikosteroidlar sintezini oshirish bilan javob beradi, ayni vaqtda
AKTG surunkali ta’sir etganida uning trofik ta’siri korinadi, yani bez
hujayralarining o‘sishi va ko‘payshini ta’minlovchi barcha modda
almashinuv jarayonlari stimullanadi. Shuningdek, steroid gormonlar
sekretsiyasi uzoq vaqt davom etadi. AKTG ta’siri spetsifik retseptor va
adenilatsiklaza-sAMF-proteinkinaza sistemasi orqali amalga oshadi.
Kortikosteroidlar spetsifik m-RNK va tegishli oqsil sinteziga
indutsirlovchi ta’siri tajribalarda tasdiqlangan. Bunday ta’sir ularni
sitozol ta’sir mexanizmiga asoslangandir. Hozirgi vaqtda organizmda
modda almashinuvni kortikosteroid boshqaruv mexanizmi ketma-ketligi
mavjudligi haqida konsepsiya ishlab chiqilgan:
Gormon
gen
oqsil (ferment)
Kortikosteroidlar biosintezini asosiy yo li xolesterinni pregnenolonga
fermentativ aylanishini o‘z ichiga oladi. Pregnenolon barcha steroid
gormonlarning o tmishdoshi hisoblanadi (87-rasm).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin