Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Uchinchi faza
bir necha hafta davom etadi. Oqsillarning
parchalanish tezligi sutkasiga taxminan 20 g ga yetib, shu darajada
turg‘un bo‘lib turadi; shuncha miqdorda oqsil parchalanib turganida 5
g atrofida siydikchil hosil bo‘lib, tashqariga chiqarib turadi (meerda
25-30 g siydikchil hosil bo‘ladi va chiqarilib turadi). Ochlikning barcha
fazalarida azot balansi manfiy, chunki qabul qilinayotgan azot nolga
teng bo‘ladi. Oqsillar parchalanishining tezligi pasayganligi sababli
glyukoneogenez tezligi ham kamayadi. Bu fazada keton tanalari miya
uchun ham asosiy energiya manbai bo‘lib qoladi. Mana shu fazada
organizmga alanin yoki boshqa glikogen aminokislotalar yuboriladigan
bo‘lsa, qondagi glyukoza konsentratsiyasi darhol ko‘tariladi va keton
tanalari konsentratsiyasi pasayadi.
Ochlik davom etaveradigan bo‘lsa, muskullar atrofiyasi kuchayib
boradi. Bir necha haftadan keyin (odatda 4-8 hafta orasida) yurak
muskuli bilan miya massasi 3-4 foiz, skelet muskullarining massasi 1/
3 hissa, jigar massasi teng baravar kamayib qoladi. Tana vazni 70 kg
bo‘lgan odam tanasida 15 kg atrofida oqsillar bo‘ladi; barcha
oqsillarning 1/3 dan 1/2 gacha qismi sarflanib ketganidan keyin odam
o‘ladi.
Kalsiy va fosfatlar almashinuvining boshqarilishi
Organizmda kalsiy quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Kalsiy tuzlari suyaklarning mineral qismini tashkil etadi.
2. Kalsiy ionlari fermentlarning kofaktorlaridir.
3. Kalsiy ionlari kalmodulin bilan birikib sAMF singari ta’sir etadi.
Kalsiy almashinuvi fosfat almashinuvi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kalsiy almashinuvining idora etilishida paratgormon, D
3
vitamini
unumlari va kalsitonin ishtirok etadi.


351
Organizmda 1,5 kg atrofida kalsiy mavjud bo‘lib, uning ikki fondi
mavjud:
1. Suyaklardagi kalsiy.
2. Suyuqliklardagi yoki to‘qima oqsillari bilan birikkan kalsiy.
Paratgormon
Paratgormon qalqonsimon bezning orqa yuzasida joylashgan
paratireoid bezlarda hosil bo‘luvchi peptidli (84 aminokislota qoldig‘i)
gormondir. Kalsiy konsentratsiyasi pasayganda uning sintezi tezlashadi,
ortganda esa sekinlashadi. Paratgormonning yarim yashash davri 20
daqiqa. Nishon hujayralar suyak va buyraklardir, ularda paratgormon
bilan bog‘lanuvchi retseptorlar mavjud. Uning ta’sirida suyakda
rezorbsiya boshlanib, kalsiy va fosfatlar qonga o‘tadi. Buyraklarda esa
kalsiy rezorbsiyasi kuchayadi, fosfatlar rezorbsiyasi pasayadi, natijada
organizmda kalsiy tejab qolinadi, fosfatlar esa chiqarib yuboriladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin