Biokimyo pmd


Prostaglandinlar va eykazanoidlar



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Prostaglandinlar va eykazanoidlar
Prostaglandinlar (PG) biologik faol moddalar bo‘lib, mahalliy ta’sir
ko‘rsatuvchi gormonlardir. Prostaglandinlar barcha organ va
to‘qimalarda sintezlanib, organizmning talaygina fiziologik
funksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan buyraklar gemodinamikasini,
silliq muskullar qisqarishi, me’daning sekretor funksiyasi, yog‘, suv-
tuz va boshqa modda almashinuv jarayonlarni idora etadi.
Prostaglandinlarning o‘tmishdoshi linol va linolenat kislotadan hosil
bo‘luvchi araxidonat kislotadir. Araxidonat kislota biomembranalarning
fosfolipidlaridan ajralib chiqqanidan so‘ng, fermentativ o‘zgarish yo‘liga
ko‘ra quyidagi sxema bo‘yicha prostaglandinlar va leykotriyenlarga
aylanadi.
Prostaglandinlar siklopentan halqasining tuzilishiga qarab to’rtta
asosiy guruhga bo‘linadi:
PGÅ (PGÅ
1
, PGÅ
2
, PGÅ
3
)
PGF (PGF
1
, PGF
2
,PGF
3
)
PGA (PGA
1
, 19-oksi-PGA
1
, A
2
, 19-oksi-PGA
2
)
PGB (PGB
1
, 19-oksi-PGB
1
, V
2
, 19-oksi-PGB
2
)


357
Qo‘sh bog‘larning joylanishi va soniga qarab guruhning ichida
prostaglandinlar bir necha turlarga bo‘linadi. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, prostaglandinlar keng ta’sir qilish spektoriga egadir:
– PGÅ
1
va PGÅ
2
lar qon tomirlarni kengaytiradi, arterial qon bosimni
pasaytiradi, yurakning qonni haydab chiqarish qobiliyatini oshiradi;
– PGF
2
ayol organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan homiladorlikni
to‘xtatadi;
– PGÅ bronxlar va traxeyani muskullarini bo‘shashtiradi, shunga
ko‘ra astmani davolashda yaxshi vosita hisoblanadi;
– prostaglandinlar sedativ va trankvilazator (tinchlantiruvchi)
ta’siriga egadir;
– ayrim prostaglandin va ularning unumlari qon tomirlarda tromb
hosil bo‘lishining kuchli ingibitoridir.


358
Eykozatriyenlar araxidonat kislotasining lipooksigenaza
parchalanish yo‘lida, yana bir biologik faol moddalar – leykotriyenlar
hosil bo‘lishidagi oraliq mahsulotlardir.
Leykotriyenlarning esa asosiy biologik roli yallig‘lanish jarayonlari,
allergik va immun reaktsiyalar, anafilaksiya va silliq muskullarning
faoliyati bilan bog‘liqdir. Xususan, leykotriyenlar nafas, me’da-ichak
yo‘llari silliq muskullari qisqarishini ta’minlaydi, qon tomirlarni
toraytiruvchi samaraga ega bo‘lib, tomirlar tonusini idora etadi va
koronar arteriyalar qisqarishini stimullaydi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin