Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Tromb hosil bo‘lishi
Trombning hosil bo‘lishi fibrinogenni fibringa aylanishi bilan
bog‘liq. Fibrinogen disulfid bog‘lari yordamida o‘zaro birikkan uch
juft peptid zanjirlaridan tarkib topgan (
α
2

β
2

γ
2
). Molekulyar og‘irligi
340 000. Molekula uzunligi 45 nm, yo‘g‘onligi 9 nm, uning qondagi
konsentratsiyasi 0,3 g/dl.
Trombin (II«a» omil) fibrinogen 
α
va 
β
zanjirlari N uchi qismini (A
va B fibrinopeptidlar) ajratib oladi:
Shu reaksiya natijasida fibrinogen molekulasida birikish markazlari
ochilib qoladi va bu markazlarga fibrinning boshqa molekulalari kelib
birikib, o‘z-o‘zidan yig‘ilish yo‘li bilan qon plazmasida erimaydigan
fibrin agregatlari hosil bo‘ladi. Bu agregatlar ham o‘zaro birikib uch
o‘lchovli panjara hosil qiladi. Unga qonning shaklli elementlari kelib
joylashadi. Fibrindan iborat tromb biriktiruvchi to‘qima oqsili fibrinektin
vositasida tomirning shikastlangan sohasida matriksga yopishib oladi.
Fibrin hosil bo‘lgandan keyin uning mustahkamlanishi transglutaminaza
ta’sirida boradi: geldagi fibrin molekulalari o‘zaro kovalent bog‘lanadi.
Bu ferment ta’sirida fibrin bilan fibrinektin o‘rtasida ham kovalent bog‘


378
hosil bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach tromb qisqaradi (retraksiya bo‘ladi).
Transglutaminaza irsiy nuqson bo‘lsa, qon sog‘lom odamlardagidek
iviydi, ammo tromb mo‘rt bo‘lgani uchun yana qon ketib qolishi
mumkin.
Qon ivishining ikki yo‘li tafovut qilinadi: tashqi va ichki yo‘llari.
Qon ivishining tashqi mexanizmi
Qonning tashqi ivishida jarohatlangan to‘qimada mavjud bo‘lgan
tromboplastin (III omil) va qon zardobidagi prokonvertin (IV omil),
Ca
2+
ionlari (IV omil) va tromb hosil bo‘ladigan yuza membranalari
fosfolipidlari ishtirok etadi.
Jarohatlangan to‘qimalar va tomirlardan ajralib chiqqan
(tromboplastin) VII omilni, u o‘z navbatida X omilni, faollaydi. X«a»
omil ta’sirida protrombin trombinga aylanadi, va nihoyat trombin
ta’sirida fibrinogen fibringa aylanadi. Trombin V, VII, XIII omillarni
ham faollashtiradi. Fibrinning barqarorlashuvi XIII omil ta’sirida
bo‘ladi. Qonning tashqi ivishiga juda qisqa vaqt – taxminan 10-12
sekund yetarli bo‘ladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin