Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

V omil (proakselerin)
– akselerin o‘tmishdoshi globulinlar
fraksiyasiga mansub, jigarda sintezlanadi, tug‘ma yetishmovchiligida
paragemofiliya kasalligi kuzatiladi.
VII omil (antifibrinolizin, prokonvertin)
– konvertin o‘tmishdoshi
jigarda sintezlanadi.
VIII omil (gemofiliyaga qarshi A globulin) 
– uning tug‘ma
yetishmasligi gemofiliya A ning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
IX omil (gemofiliyaga qarshi V globulin, Kristmas omili)
– faol
X omil hosil bo‘lishida qatnashadi. Tug‘ma yetishmovchiligida
gemofiliya V kasalligi kuzatiladi.


376
X omil (Prauer–Styuart omili)
– bemorlar familiyasi bilan atalgan,
α
-globulinlar guruhiga mansub; X omil protrombindan trombin hosil
bo‘lishida ishtirok etadi. Jigarda sintezlanadi. Yetishmaganda qon ivish
vaqti uzayadi. Xirurgik operatsiyalarda ko‘p qon ketishlar kuzatiladi.
XI omil (Rezental omili)
– C-gemofiliyasiga qarshi omil – plazma
tromboplastinning o‘tmishdoshi deb ham yuritiladi.
XII omil (Xageman omili)
– qon ivishini boshlab beruvchi
omillaridan biri. Bu omil yetishmasa qon ivish vaqti uzayadi, ammo
gemofiliya kuzatilmaydi.
XIII omil (fibrinni turg‘unlashtiruvchi omil)
– hosil bo‘lgan fibrin
turg‘unligini ta’minlaydi. Uchta polipeptid zanjiridan tarkib topgan.
Trombotsitlar omili 
– yuqorida sanab o‘tganimiz, qon ivishda
ishtirok etuvchi plazma omillaridan tashqari bu jarayonda 10 dan ortiq
xilma-xil trombotsit omillari ham ishtirok etadi.
103-rasm.
Qon ivishining sxemasi


377
Qon tomirlari shikastlangan joyda ochilib qolgan hujayralar aro
matriksga trombotsitlar birikib trombotsitlardan iborat tiqin hosil bo‘ladi.
Shu bilan bir vaqtda plazma eruvchan fibrinogen oqsilini erimaydigan
fibringa aylantiradigan reaksiyalar ishga tushadi. Hosil bo‘lgan fibrin
trombotsitlardan iborat tiqinga o‘tirib, uning yuzida tromb hosil bo‘ladi.
Trombda eritrotsitlar ham bo‘ladi. Demak, qonning ivib qolishida o‘n
beshga yaqin plazma oqsillari va loaqal bironta to‘qima oqsili,
shuningdek, tromb hosil bo‘ladigan sohadagi hujayra membranalari
fosfolipidlari, Ca
2+
ionlari va trombotsitlar ishtirok etadi.
Qon plazmasidagi qon ivishida ishtirok etadigan oqsil tabiatli omillar
jigarda sintezlanadi. Ularning ko‘pchiligi profermentlar bo‘lib, ivish
davomida faol fermentlarga aylanadi. Faollashgan ivish omillari
profermentning rim raqami bilan belgilangan simvoli yoniga «a» qo‘shib
yozish bilan belgilanadi (II – II«a», X – X«a» va hokazo).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin