Biokimyo pmd


Siydikdagi organik moddalar



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Siydikdagi organik moddalar
Siydikchil 
– siydik tarkibidagi organik moddalarni katta qismini
tashkil etadi. Katta odam siydigi bilan o‘rtacha bir sutkada 30 g ga
yaqin (12-36 g) siydikchil chiqariladi. Bir sutkada siydik bilan
ajratiladigan azotni umumiy miqdori 10 dan 18 g gacha bo‘lishi mumkin,
aralash ovqatlanganda siydikchilning azoti 80-90%ni tashkil etadi.
Siydikda siydikchilga to‘g‘ri keladigan azotning miqdori oqsillarga boy
bo‘lgan ovqat iste’mol qilganda, to‘qima oqsillarini parchalanishi bilan
boruvchi kasalliklar (istmalaganda, saraton, gipertireoz, diabet va
boshqalar), shuningdek, ba’zi dorilar iste’mol qilganda (masalan, qator
gormonlar) ko‘payadi. Siydik bilan ajraladigan siydikchil miqdori jigar
og‘ir jarohatlanganda, buyrak kasalliklarida (ayniqsa, buyrak filtratsiya
qilish qobiliyati buzilganda), shuningdek insulin va boshqalar qabul
qilinganda kamayadi.
Kreatinin
– ham azot almashinuvini oxirgi mahsuloti hisoblanadi.
U mushak to‘qimasida fosfokreatindan hosil bo‘ladi. Har bir odam


427
uchun kreatininni sutkalik ajralish miqdori doimiy bo‘lib, asosan mushak
massasining holatini aks ettiradi. Erkaklarda tanani har bir kg massasiga
sutkada siydik bilan 18–32 mg kreatinin ajraladi, ayollarda esa 10 dan
25 mg gacha. Bu sonlar oqsil bilan ovqatlanishga ham bog‘liq. Shuning
uchun siydik bilan kreatinin sutkalik ekskretsiyasini aniqlash ko‘pchilik
holatlarda sutkalik siydik yig‘ishni nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Kreatin
– katta odamlar siydigida amaliy jihatdan me’yorida
bo‘lmaydi. U siydikda kreatinni ko‘p miqdorda iste’mol qilganda, yoki
patologik holatlarda aniqlanishi mumkin. Qon zardobida kreatin miqdori
0,12 mmol/l ga yetganda u siydik bilan ajraladi.
Bola bir yoshga kirguncha 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin