Biokimyo pmd


Buyrak to‘qimasida me’yorda va patologik holatlarda modda



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Buyrak to‘qimasida me’yorda va patologik holatlarda modda
almashinuvining o‘ziga xos tomonlari
Buyrak to‘qimasida kechuvchi murakkab fiziologik jarayonlar
metabolik jarayonlarda hosil bo‘luvchi energiyani doimo ko‘p sarflash
bilan boradi. Tinch holatda organizmga qabul qilinayotgan kislorodning
8–10% buyrakdagi oksidlanish jarayonlariga sarflanadi. Boshqa
a’zolarga qaraganda buyrak massasiga nisbatan sarflanadigan energiya
ko‘pdir. Buyrak po‘stloq qismida aerob, mag‘iz qismida anaerob
jarayonlar kechadi. Buyrakda boshqa a’zolarda uchraydigan fermentlar
mavjuddir, lekin buyrak to‘qimasida uning uchun xos fermentlar ham
bor. Bunday fermentlarga glitsin – amidinotransferaza (transamidinaza)
kiradi. U quyidagi reaksiyani boshqaradi:
L- arginin + Glitsin 

L - ornitin + glikotsiamin.
Bu kreatin sintezidagi boshlang‘ich reaksiyadir. Bu ferment
oshqozon osti bezida ham bo‘ladi. Mazkur fermentning qonda paydo
bo‘lishi shu a’zolarda o‘zgarish borligidan dalolat beradi. Buyrak
po‘stloq qismida LDG
1
, va LDG
2
, mag‘iz qismida esa LDG
5
va LDG
4
uchraydi. Buyrakning o‘tkir yetishmovchiligida qon zardobida LDG
1
va LDG
2
faolligi ortadi.
Alaninaminopeptidaza (AAP) izofermentlarini faolligini aniqlash
ham muhim ahamiyatga ega. Alaninaminopentidazaning 5 izofermenti


422
mavjud bo‘lib, AAP
3
buyraklarda uchraydi. Buyrak to‘qimasi
jarohatlanganda qonda va siydikda AAP
3
aniqlanadi. Buyrak
kasalliklarini tashxis qilishda siydikdagi fermentlar faolligini tekshirish
ham muhimdir. Buyrakni o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida koptokcha
membranalarini o‘tkazuvchanligi ortadi. Bu hol oqsil, shuningdek,
fermentlarni siydik bilan chiqarilishiga olib keladi. Umuman buyrak
to‘qimasida modda almashinuvini o‘zgarishi koptokchada qon
aylanishini blokadasi, filtratsiya va reabsorbsiyani buzilishi, siydik
chiqarilishini blokadasi, yukstaglomerulyar apparatni jarohatlanishi,
sekretsiyani buzilishi va boshqalar bilan chaqirilishi mumkin.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin