Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Oliguriyada 
(sutkalik siydik miqdorini kamayishi),
masalan, o‘tkir nefritda, siydik yuqori zichlikka ega. Yuqori zichlik
poliuriyada
qandli diabet uchun xos, bunda u siydik tarkibida katta
miqdorda glyukozani saqlanishi bilan bog‘liqdir.
Siydik reaksiyasi (pH) me’yorda aralash ovqat iste’mol qilganda
nordon yoki kuchsiz nordon (pH 5,3 – 6,5) bo‘lib, uni odatda lakmus
qog‘ozi yoki test – poloskalar yordamida aniqlanadi. Odatda sutka
davomida siydik bilan 40 dan 75 mekv gacha kislotalar ajralib
chiqadi, pH kattaligiga ovqat turi ta’sir etadi. Go’shtli ovqat iste’mol
qilinganda siydik nordon xarakterga, sabzavotli diyetada esa siydik
reksiyasi ishqoriy xarakterga ega.
Odam siydigining nordon reaksiyasi unda asosan bitta
almashingan fosfatlarni (masalan, KH
2
PO
4
yoki NaH
2
PO
4
)
mavjudligiga bog‘liq. Ishqoriy siydikda ikki almashingan fosfatlar
yoki bikarbonat natriy (kaliy) ko‘proq saqlanadi.
Siydikni kuchli kislotali reaksiyasi isitmalagan holatlarda, qandli
diabetda (ayniqsa, siydikda keton tanachalar bo‘lganda), ochlikda
va organizmdagi boshqa o‘zgarishlarda kuzatiladi. Siydikni ishqoriy
reaksiyasi sistit va 
piyelitlarda
(siydik qopi bo‘shlig‘ida
mikroorganizmlar siydikchilni ammiakkacha parchalaydi), kuchli
qusiqdan keyin, ba’zi dorilar qabul qilganda (masalan, bikarbonat
natriy), ishqoriy mineral suvlar iste’mol qilganda va boshqalarda
kuzatiladi.
Siydikning kimyoviy tarkibi
Siydik tarkibidagi quruq moddalar (sutkalik miqdori taxmi-
nan 60 g) organik va anorganik moddalardan tarkib topgan
(33-jadval).


426
33-jadval
 Ba’zi anorganik moddalar ionlari va organik moddalarni
o‘rta yoshdagi odam siydigida saqlanishi
Miqdori Qon plazmasida
Tarkibiy qismi (sutkalik siydik miqdori hisobida) saqlanishiga molyar
g/sut mmol/sut nisbati
Na
+
3 – 6 130-260
0,8-1,10
K
+
1,5 – 3,2
38-82
7-12
Mg
+
0,1 – 0,2
4,2-8,4
4-5
Ca

(umumiy)
0,1 – 0,25
2,5-6,2
0,8-1,5
Ammiak azoti
0,5 – 1,0
36-71
2000-3500
Xlorid (Cl
-
) 3,6 – 9,0
100-250
0,8-2,0
Neorganik fosfat
0,9 – 1,3
29-45
22-29
Siydik kislota
0,2 – 1,2
1,2-7,1
4-16
Siydikchil 20 – 35
333-583
50-80
Kreatinin:
erkaklarda 1,0 – 2,0 8,8-17,7 70-98
ayollarda 0,8 – 1,8 7,1-15,9 66-80
Indikan 0,01 – 0,012 0,047-0,056 10-30
Hozirgi vaqtda siydikda jami 150 dan ortiq kimyoviy moddalar
aniqlangan.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin