Biokimyo pmd


Ko‘ndalang-targ‘il mushaklarni kimyoviy tarkibi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Ko‘ndalang-targ‘il mushaklarni kimyoviy tarkibi
Katta yoshdagi odam va hayvon mushak to‘qimasida 72 dan 80%
gacha suv saqlanadi. Mushak massasini 20-28% quruq moddalarga,
asosan oqsillarga to‘g‘ri keladi. Oqsillardan tashqari quruq moddalar
tarkibiga glikogen va boshqa uglevodlar, turli lipidlar, azot saqlovchi
ekstraktiv moddalar, organik va noorganik kislotalar tuzlari va boshqa
kimyoviy birikmalar kiradi (34-jadval).


437
34-jadval
Sut emizuvchilar ko‘ndalang-targ‘il
mushagini kimyoviy tarkibi (o‘rtacha qiymatlar)
Tarkibiy qismi Ho‘l vaznga nisbati, % Tarkibiy qismi Ho‘l vaznga nisbati, %
Suv 72-80 Kreatinin
0,003-0,005
Quruq moddalar
20-28
ATF
0,25-0,40
Shuningdek: oqsil 16,5-20,9 Karnozin
0,2-0,3
Glikogen
0,3-3,0 Karnitin
0,02-0,05
Fosfoglitserid 0,4-1,0 Anserin
0,1-0,7
Xolesterin
0,06-0,2 Sut kislota
0,09-0,15
Kreatindan 0,2-0,55 Erkin 0,01-0,02
kreatinfosfat
aminokislotalar
Qoldiq
1,0-1,5
Mushak oqsillari
. A.Ya. Danilevskiy birinchi marotaba
mushaklardan ekstraksiya qilinuvchi oqsillarni 3 sinfga bo‘ldi: suvda
eruvchi, 8-12% ammoniy xlorid eritmasi bilan ekstraksiya qilinuvchi
va kislota hamda ishqorlarni suyultirilgan eritmalari bilan ajratiluvchi.
Hozirgi vaqtda mushak to‘qimasi oqsillari 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
sarko‘plazmatik, miofibrillyar va stroma oqsillari. Barcha mushak
oqsillaridan birinchisi 35%, ikkinchisi – 45%, uchinchisi 20% ni tashkil
etadi. Bu oqsillar suv va turli ion kuchlanishga ega bo‘lgan tuzli
eritmalarda erishi bilan bir-biridan keskin farqlanadi (115-rasm).
Miofibrillaning muhim oqsillari bo‘lib, yuqori ion kuchli tuzlarda
eruvchi miozin, aktin, aktomiozin, shuningdek, boshqaruvchi oqsillar
tropomiozin, troponin, alfa- va 
β
-aktinin hisoblanadi. Miozin
miofibrillalarning asosiy oqsili bo‘lib, quruq massasini 50-55%ini
tashkil etadi. Miozin oqsilining umumiy strukturasi rasmda keltirilgan:

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin