442
Bu holatdan mushak qo‘zg‘alishning yangi impulsi bilan chiqariladi,
natijada retikulumdan kalsiy chiqariladi va aktomiozin kompleksining
ATF-azasi faollanadi.
Gidroliz davrida ATF-aza (mol.og‘irligi 100000)
molekulyar
og‘irligi 55000 va 45000 bo‘lgan 2 fragmentga parchalanadi.
Molekulyar og‘irligi 55000 bo‘lgan fragment sarko‘plazmatik
membrananing tashqi tomonida joylashgan, 45000 molekulyar
og‘irlikka ega bo‘lgan fragment esa membrananing
lipid biqabatiga
membrana orqali kanal hosil qilib botgan.
ATF-azaning uzoq vaqt gidrolizida 55000 mol.og‘irlikka ega bo‘lgan
fragment 30000 va 20000 molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan kichik
fragmentlarga parchalanadi.
20000 molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan fragment kanal «to‘sig‘i»
rolini o‘ynaydi va unga Ca
+2
ionlari kirishini nazorat qiladi. 30000
molekulyar og‘irlikli fragment esa Ca ionlarini kanal bo‘yicha
harakatlanishini energiya bilan ta’minlaydi. Natriy nasosga o‘xshagani
uchun bu mexanizm kalsiy nasosi deb ataladi.
Sarkoplazmatik oqsillar
Sarkoplazmatik
oqsillarga miogen, miolglobin, globulin X va
mioalbumin kiradi.
Miogen
– suvda va tuzli eritmalarda yaxshi eriydi.
U murakkab
kompleks bo‘lib, fizik-kimyoviy xususiyatlari yaqin bo‘lgan qator
oqsillarni saqlaydi. Miogen kompleksi oqsillari bilan turli biokatalitik
funksiyalar bog‘langan. Masalan: miogen A fruktoza-1,6-difosfatni
parchalanishini katalizlovchi aldolaza, ba’zi
degidrogenaza va boshqa
glikoliz, to‘qima nafas olish fermentlari xususiyatiga ega.
Globulin X
– globulinlar xususiyatiga ega bo‘lgan sarko‘plazmatik
oqsil fraksiyasi. Globulin X mushak to‘qimasi oqsil azotining 20%ini
tashkil etadi. Molekulyar og‘irligi 140000-180000, izoelektrik nuqtasi
pH 5,0ga teng.
Mioalbumin
– embrion mushagi va silliq mushaklarda ko‘p
miqdorda saqlanadi. Ba’zi xususiyatlari bo‘yicha qon zardobi
albuminiga o‘xshaydi.
Mioglobin –
xromoproteidlarga kiradi, molekulyar og‘irligi 16700.
Odam mioglobulinining birlamchi strukturasi o‘rganilgan. Bitta
polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, 153 aminokislota qoldig‘ini saqlaydi.
Rentgenostruktur analiz yordamida Dj.
Kendryu tomonidan
mioglobinning uchlamchi strukturasi o‘rganilgan.
443
Mioglobin polipeptid zanjiri gem atrofida o‘ralgan, egilgan, ixcham
joylashgan naychaga o‘xshaydi.
Mioglobinning asosiy vazifasi mushaklarda kislorodni tashish.
Mushak qancha ko‘p ish bajarsa, ularda
mioglobin miqdori shuncha
ko‘p, shuning uchun ular qizil rangga bo‘yalgan. Organizmga
tushayotgan kislorodning 14% mioglobinda saqlanadi. Bu oqsilning
kislorod bilan faol bog‘lanish qobiliyati (gemoglobinga
nisbatan
kislorod bilan bog‘lanishi 5 marotaba yuqori) mushak to‘qimasida
kislorod zaxirasini hosil qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: