Biokimyo pmd


Fermentativ reaksiyalar substrat konsentratsiyasigabog‘liq



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Fermentativ reaksiyalar substrat konsentratsiyasigabog‘liq
holatda kechadi.
Bunday sharoitlarda reaksiya tezligi muhitda mavjud
bo‘lgan ferment miqdoriga proporsionaldir. Bu proporsionallik ma’lum
chegaragacha saqlanadi, undan tashqarida substratning yetishmasligi
natijasida reaksiya tezligi pasayadi. Substrat konsentratsiyasi ortishi
ferment faol markazini to‘yinishiga olib keladi va ferment-substrat
kompleksi maksimal darajada hosil bo‘ladi, natijada fermentativ
reaksiyani maksimal tezlashishiga olib keladi. Fermentativ reaksiya
tezligini substrat konsentratsiyasiga bog‘liqligiga qarab reaksiya
darajasini belgilash mumkin. «Nol» darajada fermentativ reaksiya tezligi
doimiy va substrat konsentratsiyasiga bog‘liq emas (Vmax). «Birinchi»
darajada fermentativ reaksiya tezligi substrat konsentratsiyasi ortishiga
qarab to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Shuning uchun, biokimyoviy


118
laboratoriyalarda ferment faolligi va miqdorini aniqlashda substratlar
to‘yinish konsentratsiyasida ishlatiladi. Agarda fermentlarni ketma-ket
substrat konsentratsiyasini oshirib inkubatsiya qilinsa, har gal reaksiya
tezligi ortadi: avval juda tez, keyin sekinroq va nihoyat maksimal
darajaga yetadi, ya’ni – Vmax, maksimal reaksiya tezligiga to‘g‘ri
keladi.
Mixaelis K

konstantasining qiymati ushbu reaksiya uchun
jarayonda qatnashayotgan uning tezligini ta’minlab bergan substratning
konsentratsiyasiga teng, Km = 1/2 Vmax. Km = mol/l bilan belgilanadi.
Fermentativ reaksiya tezligi ferment miqdoriga to‘g‘ri
proporsionaldir.
To‘qima va hujayrada ferment miqdori qanchalik ko‘p
bo‘lsa, fermentativ jarayon tez kechadi. Agar ferment miqdori uning
sintezini buzilishi hisobiga kam bo‘lsa, reaksiya sust kechadi. Bu esa
davo vosita sifatida ularni qo‘llashni taqozo etadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin