127
UTF sintezining metabolik yo‘li 8 reaksiyani o‘z ichiga oladi.
Birinchi reaksiya karbamoilfosfatsintetaza II bilan boshqariladi.
Reaksiya natijasi – karbomoilfosfat –
uglerod ikki oksidi, glutaminning
amid guruhi va ATFning fosfat qoldig‘idan hosil bo‘ladi; ATF energiya
manbai bo‘lib ham xizmat qiladi.
Karbamoilfosfatsintetaza II – allosterik ferment: metabolik yo‘lning
oxirgi mahsuloti – UTF – uning allosterik ingibitori hisoblanadi. UTF
konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha UTF sintezi past bo‘ladi.
Sarflanish tezligi hujayraning ehtiyojiga bog‘liq bo‘ladi.
Bunday
boshqarilish manfiy qayta bog‘lanish orqali boshqarilish deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: