156
4) buyrak usti bezining po‘stloq qismida gormonlar biosintezida
steroidlarni gidroksillanishi;
5) karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi;
6) ichakdan temirni so‘rilishida Fe
3+
ni Fe
2+
aylanishi;
7) temirni transferrindan ajralishi va to‘qimalarga o‘tishi;
8) folat kislotani koferment shakliga o‘tishi;
9) kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi.
Avitaminoz C belgilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida
qon-tomir devorlari va tayanch to‘qimalar strukturasi o‘zgaradi.
Glikoproteinglikanlar hosil bo‘lishi buziladi, gemoragik holatlar va
suyak tog‘ay to‘qimalarida spetsifik o‘zgarishlar vujudga keladi. Tana
vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og‘riq
kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo‘rt,
o‘tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon
quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar
degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi. Biologik vazifasi: oksidlanish-
qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi.Prolin va lizinning gidroksillanish
reaksiyalari, buyrak usti bezi gormonlari, trintofan sintezida ishtirok
etadi.
Vitamin C asosan o‘simlik tabiatiga ega bo‘lgan mahsulotlarda
uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi
mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik
iste’mol me’yori – 75 mg .
Dostları ilə paylaş: