Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Biotin (vitamin H)
Biotin 1935-yilda tuxum sarig‘idan ajratilgan. Uning molekulasi
siydikchilning siklik unumi bo‘lib, yon zanjirini valerian kislota tashkil
etadi.
Ovqat bilan tushuvchi biotin ichak proteazalari ta’sirida oqsildan
ajraladi va erkin holda ingichka ichakda suriladi. Qonda u albumin bilan
bog‘lanadi va to‘qimalarga o‘tadi. Asosan jigar va buyrakda ushlanadi,
o‘zgarmagan holda peshob va najas orqali chiqariladi.
To‘qimalarda erkin biotin «biotin» fermentlarning faol markazidagi
lizinning aminoguruhlari bilan bog‘lanadi, uning koferment shakli
bo‘lib, H
5
-karboksibiotin hisoblanadi. Karboksibiotin to‘qimalarda
gidrokarbonatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. U piruvatkarboksilaza,
atsetil-KoA-karboksilaza, propionil–KoA–karboksilaza fermentlar
tarkibiga kirib karboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. Shu bois
biotin glyukoneogenez, yog‘ kislotalar sintezi, Krebs siklida propionat
kislota qoldiqlarini oksidlanish jarayonlarini me’yoriy kechishini
ta’minlaydi.
Avitaminozning klinik ko‘rinishlari odamlarda kam o‘rganilgan,
chunki ichak mikroflorasi uni yetarli miqdorda sintezlaydi. Uning
yetishmovchiligi ko‘p miqdorda xom tuxum yoki sulfanilamid
preparatlar va antibiotiklar qabul qilganda rivojlanadi. Bunda dermatit,
soch to‘kilishi, tirnoqlarning jarohatlanishi kuzatiladi. Mushaklarda
og‘riq, charchash, depressiya, shuningdek, anoreksiya va anemiya
kuzatiladi.
Barcha o‘simlik va hayvon mahsulotlarida saqlanadi. Bu vitamin
jigar, buyrak, sut, tuxum sarig‘ida ko‘p saqlanadi. Kartoshka, piyoz,
pomidor, ko‘katlarda ham erkin, ham bog‘langan holda bo‘ladi. Sutkalik
me’yori 0,25 mg.


153
Folat kislota
Folat (pteroilglutamin) kislota 1941-yilda o‘simliklarning yashil
bargidan ajratilgan. U uchta strukturali birlikdan tuzilgan: pteridin,
paraaminobenzoat va glutamat kislotalar.
Ovqat tarkibidagi folat kislota ichaklarda so‘riladi. Shilliq qavatda
tetragidrofolat kislotasi (TGFK) va N
5
-metil-TGFK hosil bo‘ladi. Qonda
folat kislotasining asosiy 87% eritrotsitlarda, qolganlari plazmada
bo‘ladi. U jigar, buyrak, shilliq qavatlarda saqlanadi. Tanadan ter va
siydik orqali chiqariladi.
Folat kislotasining biokimyoviy funksiyalari uning koferment
shakllari: N
5
-formil-TGFK, N
10
-formil-TGFK, N
5
,N
10
-metenil-TGFK,
N
5
,N
10
-metilen-TGFK va N
5
-metil-TGFK bilan bog‘liq. Barcha
kofermentlar bir-biriga o‘tib turishadi. TGFK shaklida bir uglerodli
guruhlarni tashishda qatnashadi. Bir uglerodli guruhlar kofermentning
bir shaklidan ikkinchi shakliga ko‘chiriladi hamda purin va pirimidin
asoslari sintezida, yoki ba’zi aminokislotalarni (serindan glitsin,
gomotsisteindan metionin) hosil bo‘lishida qatnashadi. Kofermentlar
dUMF dan dTMF hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchan, nuklein
kislotalar sintezida va hujayra bo‘linishida muhim rol o‘ynaydi.
Kalamushlarda folat kislota yetishmaganida avval leyko‘peniya,
keyin esa anemiya rivojlanadi. Folat kislota tanqisligi natijasida
eritropoez sodir bo‘ladigan suyak ko‘migi hujayralarida DNK sintezi
buziladi va periferik qonda DNKni kam saqlovchi yosh hujayralar –
megaloblastlar paydo bo‘ladi, leyko‘peniya kuzatiladi.
O‘simliklar yashil bargi va xamirturush folat kislotaga boy
hisoblanadi. Shuningdek u jigar, buyrak, go‘sht va boshqa mahsulotlarda
bo‘ladi. Ichak mikroflorasi uni yetarli miqdorda sintezlaydi. Sutkalik
me’yori–1-2 mg.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin