Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Vitamin B
6
Vitamin B
6
(piridoksin, antidermatit) 1934-yilda P. Derdi tomonidan
ochilgan. U 3-oksipiridin, xususan 2-metil-3-oksi-4,5-dioksimetilpiridin
unumi hisoblanadi. Vitamin faolligiga 3-oksipiridinning uchta unumi
ega: piridoksin (piridoksol), piridoksal va piridoksamin. Kofermentlik
funksiyasini piridoksal-5-fosfat bajaradi. U oksidoreduktaza,
transferaza, gidrolaza, liaza va izomerazalar tarkibiga kiradi (14-jadval).


151
14-jadval
Piridoksal-5-fosfatning asosiy biokimyoviy funksiyalari
Ferment
Bajaradigan funksiyasi
Monoaminooksidaza, Biogen aminlarni zararsizlantirilishi
diaminooksidaza
Aminotransferazalar
Aminokislotalarni katabolizmi va
transaminirlanish reaksiyalari
Yodtirozin va yodtironin Yodtironinlarni qalqonsimon bezda
aminotransferazalari
sintezi va periferik to‘qimalarda
ularni parchalanishi
γ
-aminobutirat
γ
-aminomoy kislotasini
aminotransferazasi zararsizlantirilishi
Kinureninaza va Triptofandan nikotinamid biosintezi
kinureninaminotransferaza
Aminokislotalar Biogen aminlarni hosil bo‘lishi
dekarboksilazasi
Aminolevulinatsintetaza
Gem va gem tutuvchi oqsillar
biosintezi
3-ketodegidrosfingozin Sfingolipidlar biosintezi
sintetaza
Aminokislotalar Organizmda D-aminokislotalar
izomerazalari
utilizatsiyasi
glikogen fosforilaza Glikogenoliz
Avitaminoz B
6
belgilari: kalamushlarda o‘rganilganda dermatit,
terining qurishi, sochlarning to‘kilishi kuzatiladi. Barmoqlar gangrenasi
rivojlanishi mumkin. Odamlarda B
6
avitaminozi kam uchraydi,
pellagrasimon dermatitlar rivojlanadi. Triptofan almashinuvining
buzilishi natijasida siydik tarkibida ksanturen kislota miqdori ko‘payadi,
kinuren kislota esa kamayadi. Shuningdek, gomotsistinuriya va
sistationuriya kuzatiladi.
Biologik vazifasi: NAD va NADFga bog‘liq degidrogenazallarning
kofermenti tarkibiga kiradi. Piridoksalfosfat aminotransfenaza va


152
dekarboksilazalarning kofermenti hisoblanadi. Shuningdek,
piridoksalfosfat ba’zi aminokislatalarning (serin, treonin, trigtofan)
almashinuvida qatnashadi.
Vitamin B
6
o‘simlik va hayvon mahsulotlarida keng tarqalgan. Uning
asosiy manba’lari bo‘lib, non, no‘xat, loviya, kartoshka, go‘sht, buyrak,
jigar va boshqalar hisoblanadi. Ichak mikroflorasi bu vitaminni yetarli
miqdorda sintezlashi mumkin. Sutkalik me’yori 2mg (42-rasm, b).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin