164
Ovqatlanish biokimyosi
Ozuqa mahsulotlarning asosiy va minor komponentlari
Ovqatlanish
– bu organizmni tashqi muhit bilan bog‘lovchi omil
hisoblanadi va modda almashinuvining birinchi bosqichidir. Ovqat bilan
organizmga kerakli organik va anorganik moddalar kiradi. Organiq
moddalar –
bu oqsillar, karbon suvlar, yog‘lar, nuklein kislotalar,
vitaminlardir.
Mineral moddalarga esa natriy, kaliy, kalsiy, fosfor, xlor,
temir, yod, mis, rux va boshqalar kiradi. Ular organizmga doimo yetarli
miqdorda kiritilishi kerak.
Katta yoshdagi odam kundalik ovqat tarkibida asosiy ozuqa
mahsulotlaridan 80-100 g oqsil, 80-100 g yog‘ va 400-500
g uglevod
bo‘lmog‘i lozim.
Balansli ovqatlanishning
birinchi va muhim prinsiplaridan biri
ovqat tarkibida
asosiy ozuqa mahsulotlarini, biologik faol moddalarni
va mineral elementlarning nisbatini inson yoshiga, jinsiga,
ish faoliyatiga
va turmush tarziga qarab to‘g‘ri belgilashdir. Oqsillar, yog‘lar va karbon
suvlar uchun bu nisbat 1:1:4 tengdir.
Dostları ilə paylaş: