176
Oddiy diffuziya.
H
2
O, CO
2
, O
2
tipidagi kichik neytral molekulalar,
shuningdek past molekulali gidrofob organik moddalar konsentratsiyasi
ko‘p tomondan konsenratsiyasi past tomonga
o‘tadi.
Oddiy diffuziya
yo‘li bilan o‘tadi, oddiy diffuziya usuli deb shunga aytiladi.
Ye
ngillashgan diffuziyada
ham moddalar konsentratsiya gradiyenti
tufayli, ammo maxsus membrana tashuvchi oqsillari (translokaza,
permeaza) yordamida membranalardan o‘tadi. Bu oqsillarning orni
gidrofil moddalarni membrananing gidrofob qatlami orqali o‘tkazib
berishidan iborat. Bu jarayonning mexanizmi 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Aktiv transport
. Bu jarayonda oddiy va yengillashgan diffuziyadan
farqli ravishda moddalar konsentratsiyasi
past tomondan
konsentratsiyasi yuqori tomonga ATF energiyasi sarflanishi hisobiga
tashib o‘tiladi. Masalan: ko‘pgina mineral moddalar hujayralararo
suyuqlikdan hujayraga yoki teskari tomonga o‘tishi, aminokislotalarning
ichak bo‘shlig‘idan ichak hujayralariga o‘tishi, glyukozaning birlamchi
siydikdan buyrak kanalchalari hujayralari orqali qonga o‘tishi. Aktiv
transportning ikki xili tafovut qilinadi. Moddaning tashilishida energiya
manbai ATF gidrolizida ajralgan energiya bo‘lsa,
birlamchi faol transport
deyiladi; o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘yicha harakatlanib
borayotgan modda yo‘l-yo‘lakay (bir yo‘la) boshqa bir moddaning
konsentratsiya gradiyentiga qarshi tomonga olib o‘tishi – ikkilamchi
faol transport deyiladi (48-rasm).
Ba’zi mineral ionlarning faol transporti transport ATF-azalar yoki
ion nasoslari ishtirokida ATF energiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Ion
nasoslari olib o‘tilayotganda ionni tanlab turib biriktirib oladi; ATF
gidrolizi energiyasi membrananing
ikkala tomonidagi ionlar
konsentratsiyasi farqining energiyasiga aylanadi.
ATF-azaga 3 ta Na
+
ionlari birikishi fermentni faollashtiradi va u
ATFning parchalanishini katalizlaydi. Shu bilan birga fosfat qoldig‘i
ATF-azaga birikadi. Natijada ferment konformatsiyasi o‘zgaradi: ion
kanali membrananing ichki tomonidan yopilib tashqi tomondan ochiladi.
Shu bilan birga biriktirish markazlarining Na
+
ionlariga yaqinligi 10
marta kamayadi; Na
+
ionlari fermentni tashlab chiqadi, fermentga esa
K
+
ionlari
birikadi, K
+
ionlari fermentni shu tariqa o‘zgartiradiki, fosfat
qoldig‘i gidrolitik yo‘l bilan fermentdan ajralib ketadi. Natijada
konformatsiyasi yana o‘zgarib qoladi, ion kanali tashqi tomonidan
yopilib, ichki tomondan ochiladi. K
+
ionlariga yaqinlik kamayib, ular
sitozolga ajralib chiqadi. Nasosning to‘la bir siklidagi ishi tufayli
hujayralar
orasidagi moddaga uchta Na
+
ioni, teskari tomonga ikkita K
+
177
ioni o‘tadi. Natriy-kaliy nasosi organizmdagi barcha hujayralar
sitoplazmatik membranasida mavjud. Shu nasosning ishi tufayli sitozol
bilan hujayralararo suyuqlik o‘rtasida ionlar konsentratsiyalarining farqi
yuzaga keladi. Na
+
, K
+
ionlari oddiy diffuziya yo‘li bilan ham
membranadan birmuncha o‘ta oladi. Bu
konsentratsiyalar farqining
kamayishiga olib keladi. Natriy nasosi nerv impulsini o‘tkazish uchun
zarur bo‘lgan ionlar konsentratsiyasi gradiyentini yuzaga keltirishi
hamda Na
+
va K
+
ionlaridan tashqari yana boshqa moddalarni ham
membrana orqali o‘tkazishda ishtirok etadi (simport, atiport yo‘li bilan).
Dostları ilə paylaş: