198
Krebsning limon kislota sikli uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalar
parchalanishidagi umumiy yo‘l hisoblanadi. Uglevodlar bilan yog‘lar
bu siklga atsetil-KoA shaklida, aminokislotalar esa – a-ketoglutarat,
suksinat va fumarat shaklida qo‘shiladi. Bir sutkada oqsillar, uglevodlar
va lipidlar almashinuvi natijasida odam tanasining har bir kg og‘irligiga
10 ga yaqin atsetat hosil bo‘ladi. Agarda tana og‘irligi 70 kg ga teng
bo‘lsa, unda 700 atsetat hosil bo‘ladi. Bu miqdordagi atsetil-KoA ning
CO
2
va H
2
O gacha parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya
organizm uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Aktivlangan
atsetatning koenzim A shakli oksidlanishi Krebs siklida boradi. Bu sikl
1937-yilda Krebs tomonidan taklif qilingan. Gans Adolf Krebs (1904-
yilda tug‘ilgan) O. Varburgning shogirdi bo‘lib, u siydikchil hosil bo‘lish
nazariyasini va limon kislotasi siklini kashf qilganligi uchun 1954-yil
fiziologiya va meditsina sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Limon kislotasi sikli yopiq metabolitik yo‘l bo‘lib, 8 ta alohida
reaksiyalardan iborat. Oksaloatsetat bu reaksiyada boshlang‘ich hamda
oxirgi mahsulot bo‘lib hisoblanadi (55-rasm):
Dostları ilə paylaş: