Uglevodlarning aerob yo‘l bilan oksidlanishi va uning fiziologik
ahamiyati
Aerob (kislorod ishtirokida) parchalanishning oxirgi mahsuloti CO
2
,
H
2
O va energiya bo‘lib, yig‘indi tenglamasi quyidagichadir:
C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
= CO
2
+38ATF + 6H
2
O
Aerob yo‘l glyukozaning asosiy parchalanish yo‘li bo‘lib, u uch
bosqichda (stadiyada) boradi:
I bosqich – Glikolitik bosqich – glyukozaning pirouzum kislotasiga
parchalanishi;
II bosqich – Piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi
va atsetil KoA hosil bo‘lishi;
III bosqich – Krebsning uch karbon sikli va elektronlar o‘tkazish
zanjiri.
Birinchi bosqich glyukoza katabolizmining individual parchalanish
yo‘li bo‘lib, II va III parchalanish bosqichlari «modda almashuvining
208
umumiy yo‘llari» deb yuritiladi. Modda almashuvinig umumiy yo‘llari
avval mukammal o‘tilgan. I bosqich sitozolda, II va III bosqichlar
mitoxondriyalarda kechadi. Aerob oksidlanish glyukozaning asosiy
parchalanish yo‘li, chunki inson va hayvonlar aerob organizmlardir;
hamda energetik nuqtai nazardan bu yo‘l eng samaralidir. Bir molekula
glyukoza aerob oksidlanishida 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Buning
8 molekulasi – glikolitik (I) bosqichda; 6 molekula – piruvatning
oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanish (II) bosqichda; 24 molekulasi
esa – Krebs sikli (III) bosqichda yuzaga keladi (57-rasm).
Vodorodning (H
2
) sitoplazmadan mitohondriyaga o‘tish
«mokki» mexanizmi
Glyukozaning aerob oksidlanishida degidrogenaza fermentlari
ta’sirida ajralib chiqqan vodorodni (NAD·H
2
ni) to‘qima nafas olish
zanjirida oksidlanishi uchun u avvalo sitoplazmadan mitoxondriyaga
o‘tish lozim. Bu 2 xil «mokki» mexanizmlar yordamida amalga
oshiriladi:
1) Glitserofosfat «mokki» mexanizmi.
2) Malat «mokki» mexanizmi.
Glitserofosfat «mokki» mexanizmida sitoplazmatik NAD·H
2
ning
vodorodi sitoplazmadagi dioksiatsetonofosfat bilan birikib,
glitserofosfat hosil qiladi: u esa mitoxondriya membranasidan oson
o‘tadigan xususiyatga ega. Bu reaksiya NAD.H
2
sitoplazmatik
glitserofosfatdegidrogenaza ta’sirida kechadi. Glitserofosfat
(mitoxondriyaning ichida) mitoxondrial FAD tutuvchi degidrogenaza
(DG) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan dioksiatsetonfosfat
hamda FAD.H
2
hosil bo‘ladi. Dioksiatsetonfosfat oson mitoxondriyadan
sitoplazmaga o‘tadi, FAD.H
2
esa mitoxondriyada to‘qima nafas olish
zanjiri da oksidlanadi.
Malat «mokki» mexanizmida esa elektronlarni sitoplazmadan
mitoxondriyaga o‘tish uchun NAD·H
2
sitoplazmadagi SHUK
(oksaloatsetat) bilan birikib oksidlanadi. Malat mitoxondriya
membranasidan osongina o‘tib, mitoxondriyaning ichida MDG
(malatdegidrogenaza) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan SHUK
hamda NAD·H
2
ga parchalanadi; SHUK sitoplazmaga o‘tadi, NAD·H
2
esa mitoxondriyadan to‘qima nafas olish zanjirida oksidlanadi.
209
57-rasm.
Glyukozaning aerob va anaerob oksidlanish.
|