207
(konsentratsiya gradiyentiga qarshi) so‘rilib qonga o‘tadi. (Ovqat bilan
uglevodlar oshiqcha miqdorda iste’mol qilinganda, oz miqdorda
saxaroza, laktozalar ham so‘rilishi mumkin.
Ammo ular organizmda
foydalanilmaydi, siydik orqali chiqarilib yuboriladi).
Qon bilan glyukoza jigarga boradi va uning ma’lum miqdori
glikogenga aylanadi, asosiy miqdori esa qon bilan hamma to‘qima
hujayralariga yetkaziladi. Qonda
glyukozaning miqdori normada
(sog‘lom kishilar qonida) 70-120 mg % (yoki «CI» bo‘yicha 3,6-6,1
mmol/l) bo‘ladi.
Glyukozaning katabolizmi
Glyukoza to‘qimada asosan kislorod ishtirokida hamda kislorodsiz
sharoitda parchalanishi mumkin.
Buning uchun glyukoza avvalo
geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF sarflanishi bilan glyukoza-6-
fosfatga aylanadi. Faollashgan glyukoza-6-fosfatni taxminan 65%
to‘qimada parchalanadi; 30% yog‘ga, 5% esa glikogenga aylanadi.
Glyukozaning parchalanishi 3 xil yo‘l bilan yuz beradi:
a) aerob (kislorodli)
parchalanish;
b) anaerob (kislorodsiz) parchalanish;
d) pentozofosfat (apotomik) parchalanish.
Dostları ilə paylaş: