Biokimyo pmd


Iste’mol qilinadigan oqsil me’yori



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Iste’mol qilinadigan oqsil me’yori
Azot muvozanatiga erishish odam salomatligini saqlash va uning
yuqori ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun ovqatlanishda oqsil
normasini aniqlash lozim. Chunonchi, katta yoshdagi aqliy mehnat bilan
shugullanuvchi va ortacha jismoniy faoliyati bor odamda energetik
sarflanish 12000 kJ bo‘lsa, sutkasiga 100-120 g oqsil iste’mol qilish
kerak. Mehnat sharoiti o‘zgarganda va energetik sarflanish yuqori bo‘lsa,
ushbu me’yor har bir 2100 kJ hisobiga 10 g ga oshadi. Ogir jismoniy
ish bajaruvchi ishchilar sutkada 130-150 g oqsil iste’mol qilishi lozim.
Homiladorlik va laktatsiya paytida, shuningdek, ayrim patologik
holatlarda (organizm siydik yoki assit suyuqligi, ekssudatlar bilan oqsil
yoqotsa, masalan: nefritlarda, ogir infeksion kasalliklarda, kuyganda,
jarohatlanganda va hokazo) oqsilga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi.
Yosh bolalarning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji birinchi navbatda ularning
yoshi va tana og‘irligi bilan aniqlanadi. Tananing har bir kg og‘irligiga
1,5 g oqsil ko‘payib borishi lozimdir (Rubner koeffitsenti). Hattoki,
go‘dak bolalar ham sutkada 55-72 g oqsil qabul qilinishiga muhtojdir.
Yoshi ulgayishi bilan (12-15 yoshgacha) oqsilning ushbu normasi katta
yoshdagi odamning me’yorigacha oshadi. Oqsilga bo‘lgan ehtiyoj
ma’lum darajada sutkalik ratsionning kaloriyaligiga ham bog‘liqdir.
Ovqatlanish kaloriyasi yetarli bo‘lmasa, oqsillar birinchi navbatda
organizmning energetik ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanib, anobolik
jarayonlarda foydalanilmaydi.
Musbat va manfiy azot balansi
Azot balansi ovqat bilan birga tushgan azot miqdori bilan
organizmda chiqarib turiladigan (asosan mochevina tarkibida) azot
miqdori o‘rtasidagi farqdir. Katta yoshdagi sog‘lom odamda ovqat
normal bo‘lganida 
azot muvozanati
qaror topadi, yani organizmdan


257
chiqariladigan azot miqdori unga tushadigan azot miqdoriga teng bo‘lib
turadi. Organizm unib-osib boradigan davrda shuningdek, holdan
toydiradigan kasalliklardan sogayib kelinayotgan paytda organizmga
tushib turadigandan ko‘ra kamroq azot chiqarib turiladi. Bu 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin