Biokimyo pmd


Asparaginli to‘qima proteinazalari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Asparaginli to‘qima proteinazalari.
Katepsin D endopeptidaza,
pH 3,5-4,0, aromatik aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larni
gidrolizlaydi. Barcha to‘qimalarda topilgan, taloq, buyrak va opkada
ota faoldir. Kopchilik sitoplazmatik oqsillarni (miozin, miyelinning
asosiy oqsili, gemoglobin) gidrolizlaydi. Togaylarda pH 5,0 da
proteoglikanlarni gidrolizlaydi.
Serinli to‘qima proteinazalari.
Katepsin A ekzopeptidaza, pH 5,0-
5,5, polipeptid zanjirining N-uchini gidrolizlaydi.
Katepsinlarning biologik ahamiyati.
Toqima oqsillarini gidrolizi
ularning yangilanishiga, oqsil molekulasidagi nuqsonlarni yoqotishga,
endogen oqsillarni mobilizatsiyasi uchun kerakdir. Ular nafaqat
parchalash, balki rekonstruksiya qilish uchun ham kerakdir.
Katepsinlarni yetishmasligi to‘qima oqsillarini yangilanishini susaytiradi
va ularda shikastlangan, sust funksional faollikka ega bo‘lgan oqsillarni
to‘planishiga olib keladi. Katepsinlarning qisman proteolizlash
xususiyati ularning regulyatorlik vazifasidan dalolat beradi. Maxsus
neyrosekretor hujayralarda qisman proteolizlanish faol neyropeptidlar,
mediatorlar va gormonlar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Aminokislotalarning safarbarligi
Hujayra ichida va qon zardobida doimiy erkin aminokislotalar fondi
mavjud va u aminokislotalarni kirish va ishlatilish tezligidan dalolat
beradi.


270
69-rasm.
Aminokislotalar metabolizmi
Erkin aminokislotalar fondi ekzogen (ozuqa) oqsillar
parchalanishidan, endogen oqsillar parchalanishidan va yangitdan
sintezlangan aminokislotalardan hosil bo‘ladi (69-rasm).
Aminokislotalar ichakdan sorilib, darvoza venasi orqali jigarga
o‘tgandan so‘ng, ularning anchagina qismi qon orqali butun organizmga
tarqalib turli fiziologik maqsadlarda foydalanishdan tashqari, bu organda
qator o‘zgarishlarga uchraydi. Jigarda aminokislotalar tananing xususiy
oqsillari va qon plazmasi oqsillari sintezidan tashqari, maxsus azot
tutuvchi birikmalar purin va pirimidin nukleotitlari, kreatin, siydik
kislotasi, NAD va boshqalar sintezida foydalaniladi. Jigar, shu bilan
birga, almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar sintezi va transaminlanish
tufayli azotni qayta taqsimlash yoli bilan organizmda erkin
aminokislotalarning balanslangan fondini ta’minlaydi.
Sorilgan aminokislotalar birinchi navbatda, to‘qima oqsillari,
fermentlar, gormonlar va boshqa biologik faol birikmalar sintezi uchun
qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Aminokislotalarning bir qismi
parchalanishga uchrashi natijasida oqsillar almashinuvining oxirgi
mahsulotlari (HO
2
, H
2
O, NH
3
) hosil bo‘ladi va energiya ajralib chiqadi.


271

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin