Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Pankriatit
otning (va u bilan infeksiyaning) pankriatik yolga o‘tishi
natijasida rivojlanadigan kasallikdir. Natijada me’da osti bezining
proteolitik fermentlari tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B,
elastaza va kollagenaza ushbu kasallikda faol holda ajralib chiqib, me’da
osti bezi to‘qimalarini parchalashi mumkin. Shunga ko‘ra to‘qimalarni
oz-ozini parchalanishini oldini olish va davolash maqsadida trasilol,
kontrikaldan foydalanadi. Trasilol polipeptid tabiatga ega bo‘lgan
modda bo‘lib, yuqorida qayd etilgan fermentlarning ingibitorlaridir
(qora molning quloq oldi bezlaridan olinadi). Otkir pankreatit,
pankreonekroz va surunkali pankreatitni davolashda ishlatiladi.
Ichakda aminokislotalarning so‘rilishi
Oqsil gidrolizining mahsulotlari oshqozon-ichak yolidan asosan
erkin aminokislotalar korinishida soriladi. Aminokislotalar so‘rilishi
maxsus transport tizimlari ishtirokida kechadi. Bu jarayon faol transport
bo‘lib Na
+
gradiyenti bo‘lishini talab qiladi va Na,K-ATF-aza ishtirokida
bo‘ladi. Aminokislotalarni tashish uchun taxminan 5 spetsifik
transporterlar mavjud:
- neytral alifatik aminokislotalar uchun;
- siklik aminokislotalar uchun;
- asosiy aminikislotalar uchun;
- kislotali aminokislotalar uchun;
prolin uchun.
Bunda aminokislota Na
+
bilan birikkan holda ichak epiteliysi
membranasidan o‘tadi (simport usuli), Na
+
esa hujayradan ATF-aza
yordamida chiqarilib yuboriladi. Aminokislotalarni ikkinchi tashish
usuli
γ
-glutamiltransferaza fermenti ishtirokida kechadi. Glutation uning
kofermenti hisoblanadi. Birinchi bosqichda glutationning 
γ
-glutamil
qoldig‘i tashilayotgan aminokislotaga birikadi, hosil bo‘lgan dipeptid
esa hujayra ichiga o‘tadi. Ikkinchi bosqichda dipeptiddan erkin
aminokislotani ajralishi kuzatiladi, glutation esa resintezlanadi.
Ichakda juda oz miqdorda dipeptidlar va gidrolizmanmagan
oqsillarni pinositoz yoli bilan so‘rilishi kuzatiladi va hujayra lizosomalari
ta’sirida gidrolizlanadi. Chaqaloqlarda proteolitik fermentlar faolligining
sustligi va ichak shilliq qavatining o‘tkazuvchanligining yuqoriligi natriv
oqsillarni so‘rilishi va shuning natijasida organizmning sezuvchanligini
oshishi kuzatiladi. Bu esa ovqat allergiyasini kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi.


265

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin