Biokimyo pmd


Gepatitda va miokard infarktida transaminazalarning



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Gepatitda va miokard infarktida transaminazalarning
aniqlashning ahamiyati. de Retis koeffitsiyenti.
Transaminazalarning
keng tarqalganligi va ularning organ va to‘qimalardagi yuqori faolligi,
shuningdek ushbu fermentlar faolligining qonda kamligi turli
organlarning organik va funksional jarohatlanishida qator
transaminazalar miqdorining qon zardobida aniqlashga asos bo‘lib
xizmat qiladi. Klinik maqsadlar uchun ayniqsa, AlT va AST


277
fermentlarining faolligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Xususan,
AlT faolligi gepatitlarda, ayniqsa (infeksion gepatitda) qon zardobida
sekin-asta oshib boradi (surunkali xususiyatga egadir). Normada AlT
faolligi 1 ml zardobni 37
o
C da 1 soat inkubatsiya qilganda piruvatni
0,16-0,68 mk moliga tengdir.
Miokard infarktida esa, AsT faolligi qon zardobida 3-5 soatdan so‘ng
keskin oshadi (20-30 marta). Birinchi sutkaning oxirida ikkala
transaminazalar faolligi maksimumga yetadi. 2-3 kundan keyin esa
kasallik asoratsiz otsa, fermentlar faolligi normaga qaytadi. Normada
AST faolligi 1 ml zardobni 37
o
C da 1 soat inkubatsiya qilganda piruvatni
0,1-0,45 mk moliga to‘g‘ri keladi. AlT faolligining ortacha oshishi
miokard infarktida ham kuzatiladi. Shunga ko‘ra qon zardobida ikkala
transaminaza faolligini aniqlash va de Ritis koeffitsiyentini (AST/AlT)
hisoblash muhim diagnostik test hisoblanadi. Normada AlT/AST nisbati
1,33-0,40 ga tengdir. Infeksion gepatitda AST/AlT kamayadi, infarqda
esa keskin oshadi.
Aminokislotalarning dekarboksillanishi
Aminokislotalar karboksil guruhining CO
2
korinishidagi ajralish
jarayoniga dekarboksillanish deyiladi. Ushbu jarayon natijasida hosil
bo‘ladigan mahsulotlar 
biogen aminlar
deb atalib, ko‘pgina fiziologik
ta’sir ko‘rsatadi.
Toqimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari
dekarboksillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin,
serin, gistidin, glutamat va 
γ
-oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein,
arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va a-aminomalonatlar.
Aminokislotalarning dekarboksillanish reaksiyalari qaytmas
reaksiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboksilazalar katalizlaydi,
kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir (PF).
Tirik organizmlarda aminokislotalar dekarboksillanishining to‘rtta
turi topilgan:

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin