277
fermentlarining faolligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Xususan,
AlT faolligi gepatitlarda, ayniqsa (infeksion gepatitda) qon zardobida
sekin-asta oshib boradi (surunkali xususiyatga egadir). Normada AlT
faolligi 1 ml zardobni 37
o
C da 1 soat inkubatsiya qilganda piruvatni
0,16-0,68 mk moliga tengdir.
Miokard infarktida esa, AsT faolligi qon zardobida 3-5 soatdan so‘ng
keskin oshadi (20-30 marta). Birinchi sutkaning oxirida ikkala
transaminazalar faolligi maksimumga yetadi. 2-3 kundan keyin esa
kasallik asoratsiz otsa, fermentlar faolligi normaga qaytadi. Normada
AST faolligi 1 ml zardobni 37
o
C da 1 soat inkubatsiya qilganda piruvatni
0,1-0,45 mk moliga to‘g‘ri keladi. AlT faolligining ortacha oshishi
miokard infarktida ham kuzatiladi. Shunga ko‘ra qon zardobida ikkala
transaminaza faolligini aniqlash va de Ritis koeffitsiyentini (AST/AlT)
hisoblash muhim diagnostik test hisoblanadi. Normada AlT/AST nisbati
1,33-0,40 ga tengdir. Infeksion gepatitda AST/AlT kamayadi, infarqda
esa keskin oshadi.
Aminokislotalarning dekarboksillanishi
Aminokislotalar karboksil guruhining CO
2
korinishidagi ajralish
jarayoniga dekarboksillanish deyiladi. Ushbu jarayon natijasida hosil
bo‘ladigan mahsulotlar
biogen aminlar
deb atalib, ko‘pgina fiziologik
ta’sir ko‘rsatadi.
Toqimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari
dekarboksillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin,
serin, gistidin, glutamat va
γ
-oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein,
arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va a-aminomalonatlar.
Aminokislotalarning dekarboksillanish reaksiyalari qaytmas
reaksiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboksilazalar katalizlaydi,
kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir (PF).
Tirik organizmlarda aminokislotalar dekarboksillanishining to‘rtta
turi topilgan:
Dostları ilə paylaş: