Biokimyo pmd


Serotonin hosil bo‘lishi va ahamiyati



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Serotonin hosil bo‘lishi va ahamiyati. 
Serotonin 5-
oksitriptofanning dekarboksillanishidan (aromatik aminokislotalar
dekarboksilazasi ta’sirida) hosil bo‘ladi:
Serotonin yuqori faollikka ega bo‘lgan biogen amindir.
u qon tomirlarni toraytiradi va arterial qon bosimni oshiradi;
tana temperaturasini, nafas olishni, buyrak filtratsiyasini
boshqarishda ishtirok etadi;
MNS da nerv jarayonlarida mediator hisoblanadi;


280
allergik reaksiyalar, dempink-sindrom, homilalik toksikozi,
karsinoid sindrom va gemorragik diatezlar vujudga kelishida ishtirok
etadi.
Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslari
o‘tkazishdagi ahamiyati. 
Gamma-aminomoy kislota (GAMK) miya
to‘qimasida glutamatdekarboksilaza ta’sirida glutamatdan hosil bo‘ladi:
GAMK konsentratsiyasi miya va orqa miyada juda yuqoridir. GAMK
(glitsin ham) miya neyronlarining juda ko‘p qismida barcha
sinapslarning taxminan yarmida mediator tarikasida xizmat qiladi.
Ushbu mediatorlar neyronlarda tormozlanish jarayonlariga sabab
bo‘ladi, holbuki, boshqa mediatorlar ham kuzatuvchi, ham tormozlovchi
vazifasini bajaradi.
Biogen aminlarning zararsizlantirish. 
Biogen aminlarning
to‘planib qolishi fiziologik jarayonlarga ta sir etib, organizmda salbiy
o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ammo organ va to‘qimalarda ularni
zararsizlantiruvchi maxsus mexanizm mavjuddir. Biogen aminlar
oksidlanish yoli bilan dezaminlanib zararsizlanadi, natijada aldegidlar
va ammiak ajralib chiqadi.
Ushbu reaksiyalarni katalizlovchi fermentlar monoamino- (MAO)
va diaminooksidaza (DAO) deb ataladi. MAO ning kofermenti bo‘lib
FAD, DAO piridoksalfosfat xizmat qiladi. MAO mitoxondriyalarda,
DAO esa sitoplazmada joylashgan. MAO birlamchi, ikkilamchi va
uchlamchi aminlarni, DAO gista’min, putressin, kadaverin va qisman
alifatik aminlarni zararsizlantiradi. Hosil bo‘lgan aldegidlar
aldegiddegidrogenaza ta’sirida organik kislotalargacha oksidlanadi.
Ayniqsa, monoaminlarning oksidlanish yoli bilan dezaminlanishi
batafsil o‘rganilgan. Bu fermentativ jarayon qaytmas bo‘lib, ikkita
bosqichda boradi. Songra hosil bo‘lgan vodorodperoksid katalaza
ta’sirida suv va kislorodga parchalanadi.


281

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin