Biokimyo pmd


NUKLÅOTIDLAR ALMASHINUVI VA VAZIFALARI



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

NUKLÅOTIDLAR ALMASHINUVI VA VAZIFALARI
Nukleotidlarning ko‘pgina funksiyalari avvalgi bolimlarda ko‘rib
o‘tilgan. Ularning asosiylari quyidagilardir:
1. Mononukleotidlar nuklein kislotalarning o‘tmishdoshlari va
tarkibiy qismlari bo‘lib xizmat qiladi.
2. ADF-ATF sikli moddalar oksidlanishi energiyasining
organizmdagi endergonik jarayonlarda foydalaniladigan energiyaga
aylanishda ishtirok etadi. Ba’zi reaksiyalarda boshqa nukleotidlar ham
xuddi shunday rolni ado etishi mumkin.
3.Adenilat kislota qoldig‘i degidrogenazalar (NAD, NADF, FAD)
kofermentlari va atsillanish kofermenti (KoA) tarkibiga kiradi; UTF,
GTF va STF monosaxarid qoldiglarini olib o‘tish reaksiyalarida
kofermentlar rolini bajaradi; STF xolintransferaza kofermenti bo‘lib
xizmat qiladi.
4. 3
1
,5
1
-sAMF va 3
1
,5
1
-sGMF mononukleotidlar hujayra ichidagi
effektor sistemalariga gormonal hamda boshqa signallarni o‘tkazishda
vositachi bo‘lib hisoblanadi.
Organizmning hamma hujayralari nukleotidlarni sintezlashga
amalda qodirdir. Bundan tashqari, ovqat va organizm o‘z
to‘qimalarining nuklein kislotalari, nukleotidlar manbai bo‘lib xizmat
qiladi, lekin bu manba’lar ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ovqat tarkibida qabul qilingan nukleoproteinlarning hazmlanishi
va so‘rilishi oshqozon-ichak yolida amalga oshiriladi. Oshqozon shirasi
tarkibidagi xlorid kislota ta’sirida nukleoproteinlar oqsil va nuklein
kislotaga parchalanadi. Ovqat tarkibidagi boshqa oqsillar kabi oqsil
qismi proteolitik fermentlar ta’sirida gidrolitik yo‘l bilan
aminokislotalargacha parchalanadi.
Nuklein kislotalari ichakda me‘da osti bezi shirasining nukleazalari
DNK-aza va RNK-azalar ta’sirida parchalanadi. RNK-aza ta’sirida
pirimidin mononukleotidlar, di- va trinukleotidlar aralashmasi va
RNKazaga turg‘un oligonukleotidlar hosil bo‘ladi.
293


294
DNK-aza ta’sirida dinukleotid, oligonukleotid va mononukleotid
hosil bo‘ladi. Ichak shirasi tarkibida polinukleotidaza, nukleozidaza va
fosfatazalar bo‘ladi. Bu fermentlarning ta’sirida mononukleotid va
nukleozidlar hosil bo‘ladi. Ichakda mononukleotidlar nospetsifik
fosfatazalar (nordon va ishqoriy) ta’sirida parchalaydi, u
mononukleotidlarni nukleozid va fosfat kislotagacha parchalaydi va ular
so‘riladi. Mononukleotidlar ham so‘rilishi mumkin, ularning
parchalanishi ichak shilliq qavat hujayralarida sodir bo‘ladi. Asosan
nukleozidlar so‘riladi, shunday holda azot asoslarining ma’lum qismi
organizmda nuklein kislotalarning sintezi uchun foydalaniladi.
To‘qimalarda DNK gidrolizini qator fermentlar amalga oshiradi:
1. Endonukleazalar DNK, RNK molekulasidagi ichki nukleotidlar
orasidagi bog‘larni uzadi, nuklein kislotalar depolimerizatsiyasini
vujudga keltirib oligo-nukleotidlar hosil qiladi.
2. Ekzonukleazalar DNK molekulasidagi oxirgi nukleotidlarni
ketma-ket ajratadi va ular DNK-azalar deb ham ataladi.
Gidrolitik nukleazalardan tashqari nuklein kislotalar parchalanishini
katalizlovchi fermentlar mavjuddir. Masalan: transferaza reaksiyasi
yordamida. Ular bir mononukleotid ribozasi 5
1
-uglerod atomidagi fosfat
kislota qoldig‘ini qo‘shni mononukleotid 2
1
-uglerod atomiga o‘tkazadi.
Bu nukleotidlar o‘rtasidagi bog‘larni uzilishi va bir mononukleotidni
o‘ziga riboza 2
1
va 3
1
uglerod atomlar o‘rtasida fosfodiefir bog‘i hosil
bo‘lishi bilan boradi. Hozirgi vaqtda DNK va RNKning parchalanishini
katalizlovchi nukleazalar guruhi ochilgan.


295

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin