300
bosqichdir. Ana shu reaksiyani katalizlaydigan ferment adelinat va
guanilat kislotalar ta’sirida ingibirlanadi. Bundan tashqari shu
metabolizm zanjiri uning tarmoqlanish joyida idora etib boriladi: AMF
adenilosuksinat hosil bo‘lish reaksiyasini,
GMF esa ksantilat kislota
hosil bo ‘lish reaksiyasini ingibirlaydi (74-rasm).
Idora etishning bu mexanizmi AMF va GMF sintezi tezligini zarur
darajada saqlab berishni ta’minlaydi.
74-rasm. Purinli nukleotidlar sintezining boshqarilishi
Purinli nulleozidlar katabolizmi
Purinli nukleozidlar katabolizmi riboza qoldig‘i hamda
aminogruppani gidrolitik yo‘l bilan ajratib olish reaksiyalarni o‘z ichiga
oladi.
Gipoksantinning ksantinga va ksantining
siydik kislotaga aylanishi
ksantinoksidaza ta’siri ostida o‘tadi; bu reaksiyalarda kislorod
molekulasidan foydalaniladi. Uning bir atomi puringa, ikkinchisi esa
vodorod peroksidga qo‘shiladi:
Gipoksantin + O
2
+H
2
O
→
ksantin + H
2
O
2
Ksantin + O
2
+ H
2
O
→
siydik kislota + H
2
O
2
Siydik kislota asosan jigarda hosil bo‘ladi, purinli nukleotidlar
katabolizmining asosiy mahsulotidir. Odam organizmida 1 sutkada 0,5-
1g siydik kislota hosil bo‘ladi, buyraklar orqali chiqarib turiladi.
301
Sog‘lom odam qonida 3-7 mg/dl siydik kislota bo‘ladi, uning
konsentratsiyasining ko‘payishi (giperurekemiya)
podagra kasalligiga
olib keladi. Siydik kislota suvda yomon eriydi, qonda oqsil va boshqa
moddalar bilan birikkan holda bo‘ladi. Podagra kasalligida mayda
bog‘imlarda takrorlanuvchi o‘tkir yalliglanish kuzatiladi (podagra
krizlari). Ko‘pincha kasallik oyoq bosh barmog‘ining birinchi bog‘imini
302
yallig‘lanishidan boshlanadi. Kriz vaqtida bemor ogriq kuchli
bo‘lganligidan, hatto choyshab tegib ketishiga chiday olmay qoladi.
Kasallik xuruji soatlab davom etadi va
bir necha oydan keyin yana
takrorlanadi. Kriz davrida siydik kislotaning mononatriyli tuzi kristallari
bog‘imda to‘planadi. Urat kristallarini leykotsitlar fagositlaydi. Kristallar
ta’sirida lizosoma membranalari yemiriladi. Ajralib chiqqan lizosoma
fermentlari hujayralarni yemirib tashlaydi. Hujayra parchalanishining
mahsulotlari esa yalliglanishga sabab bo‘ladi. Uratlarning to‘planib
ko‘payib borishi natijasida podagra tugunlari (tofuslar) paydo bo‘ladi.
Ular ko‘pincha mayda bog‘inlar, paylar, tog‘ay terida to‘planadi. Tofus
ustidagi teri atrofiyaga uchrab yemiriladi
va uratlardan tashkil topgan
kukun to‘kilib turadi. Bog‘imlarda tugunlar paydo bo‘lishi ularning
shaklini o‘zgartirib, funksiyasini izdan chiqaradi. Buyrak to‘qimalarida
uratlar to‘planib qolishi buyrak yetishmovchiligiga podagraning ko‘p
uchraydigan asoratiga olib keladi. Uratlardan buyrak toshlari ham hosil
bo‘lishi mumkin. Podagra keng tarqalgan kasallikdir: turli mamlakatlarda
katta yoshli aholining 0,3 dan 1,7 % gacha bo‘lgan qismi ushbu xastalik
bilan og‘riydi. Erkaklar orasida bu kasallik ayollarga qaraganda 20
baravar
ko‘proq uchraydi.
Giperurikemiya asosan irsiy bo‘ladi. Giperurikemiyaning ogir xili
Lesh-Nixan sindromi X-xromosoma bilan tutashgan retsessiv belgi sifatida
nasldan-naslga o‘tib boradi (o‘g‘il farzandlarda namoyon bo‘ladi). Bunday
bolalarda serebral falajlar ham kuzatiladi, aql-idroki o‘zgargan bo‘ladi,
ular o‘zlariga
jarohat yetkazadilar , lab, barmoqlarini tishlab qonatadilar.
Bu kasallik «qutqarish yo‘li»da qatnashuvchi gipoksantin-guanin-
fosforiboziltransferaza fermentining normadagiga nisbatan bir necha ming
baravar kamroq bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun gipoksantin va
guanin nukleotidlar sinteziga sarflanmasdan urat kislotaga aylanadi va
giperurikemiyaga olib keladi (75-rasm).
Dostları ilə paylaş: