qiladi. Siydikchil azotining bir atomi ammiak hisobiga, ikkinchi atomi
esa, asparaginat kislota (aspartat) ammino guruhi hisobiga hosil bo‘ladi.
Siydikchil sintezini buzilishi quyidagi kasalliklarda kuzatiladi:
Surunkali gepatitlarda va sirrozda. Bu kasalliklarda jigarning barcha
asosiy
funksiyalari buziladi, shu bilan birga siydikchil sintezi ham.
Siydikchil sintezida ishtirok etuvchi fermentlarning tugma
nuqsonlarida: Ornitin-karbamoil-transferaza giperammoniyemiya;
argininosuksinatsintaza sitrulinuriya; argininosuksinatliaza
argininosuksinaturiya va boshqalar.
Metabolik jarayonlarni buzilishida ham
siydikchil biosintezi izdan
chiqadi.
Siydikchil biosintezini izdan chiqishi va buyrakning ajratish
funksiyasini buzilishi qonda azot qoldiqlarini miqdorini oshishiga olib
keladi. Qon zardobida azot qoldiqlari 15-25mM/l tashkil etadi. Ularga
40-50%
siydikchil azoti, 25% aminokislotalar, 8% ergotionin, 4% siydik
kislotasi, 5% kreatin, 2,5% kreatinin, 0,5% indikan va ammiak kiradi.
Azot qoldiqlarini oshishi giperammoniyemiya deyiladi.
Buyrakning
ajratish funksiyasini buzilishida mochevina miqdorini oshishi kuzatiladi,
o tkir buyrak yetishmovchiligida qonda mochevinaning miqdori 50-
80mM/lgacha kotariladi, normada esa bu ko‘rsatkich 3,5-9,0mM/l
tashkil etadi. Siydikda 20-35g/sutki. Jigar kasalliklarida
giperammoniyemiya asosan ammiak hisobiga kuzatiladi.