Biokimyo pmd


Organik kislotalarning ammoniy tuzlarini hosil qilish



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Organik kislotalarning ammoniy tuzlarini hosil qilish
(ammoniy
sitrat, ammoniy oksalat, ammoniy fumarat).
Asparagin va glutamin kislotalari amidlarini hosil qilish.
Ular
asosan ammiakni trasport shakllari hisoblanadi. Bunda asparagin va
glutamin kislotalariga asparagainsintaza, glutaminsintaza fermentlari
va ATF ishtirokida birinchi uglerod atomiga ammiak qoshiladi.
L-aspartat + ATF + NH
3
————L-asparagin + AMF + H
3
RO
4
L-glutamat + ATF + NH
3
————L-glutamin + AMF + H
3
RO
4
Bu reaksiyalar ayniqsa, jigar va buyrakda faoldir.
Ammoniy tuzlarni hosil qilish. 
Buyrak to‘qimasida asparagin va
glutamin asparaginaza va glutaminaza fermentlari ishtirokida
parchalanadilar. Ajralib chiqqan ammiak ammoniy tuzlarini hosil
qilishda ishtirok etadi.
L-aspargin + H
2
O ————L-aspartat + NN
3
L-glutamin + H
2
O ————L-glutamat + NN
3
NH
3
+ H
+
+ Cl
-
————NH
4
Cl
Yani buyrakda ammiak modda almashinuvining kislotali
mahsulotlarini neytrallanishida va shu bilan organizmni atsidozdan va
natriy ionlarini siydik orqali ko‘p yoqolishidan saqlaydi. Bu yo‘l bilan
0,3-0,4 g ammiak zaharsizlantiriladi.
Ammiakning bir qismi to‘qimalarda yangi aminokislotalarni
sintezida ishtirok etadi. Bu reaksiyalar qaytarilgan retransaminirlanish
deyiladi.


290
Ammiakning taxminan 15% kreatinin sifatida chiqib ketadi. Bu
moddaning sintezi 3 to‘qimada kechadi: buyrak, mushak va jigar; 3
aminokislota ishtirok etadi: arginin, glitsin va metionin. Kreatinning
sintezi transmetillanish yoli bilan kechadi.
1-reaksiya glitsin-amidinotransferaza fermenti ta’sirida arginin va
glitsin birishidan guanidinatsetat (glikotsiamin) va ornitin hosil bo‘ladi,
buyrak va oshqozon osti bezida kechadi
2-bosqichda guanidinatsetatni metillanishi kuzatiladi, metil guruhi
donori bo‘lib, S-adenozilmetionin qatnashadi, jigar va oshqozon osti
bezida kechadi. Hosil bo‘lgan kreatin qon orqali mushaklarga boradi,
ATF va kreatinkosfokinaza fermenti ta’sirida fosforillanadi va
kreatinfosfatni hosil qiladi. Bu modda mushaklarda energetik vazifani
o‘taydi va defosforillanishi natijasida kreatininni hosil qiladi. Taxminan,
organizmdagi 2% kreatin kreatininga aylanadi. Mushaklarda kreatin
miqdori 25-55 g/kg, yurak to‘qimasida 15-30 g/kg, miya to‘qimasida
10-15 g/kgga teng. Siydik orqali kreatin faqat bolalarda chiqadi;
kattalarda 1 sutkada 4,4-17,6 mmol kreatinin ajraladi. Tana mushaklari
massasi bilan kreatininning ajralishi orasida bog‘lanish mavjud. Agar
siydik orqali kreatin ajralsa, mushak distrofiyasidan dalolat beradi.
Bunda mushaklarda kreatinfosfokinaza fermenti faolligi susayib ketadi.


291

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin