288
oshib ketadi, oksidlanishi natijasida qora pigment alkaptoxrom hosil
bo‘ladi. Oxronoz va artritlar ham kuzatiladi.
Albinizm.
Tirozindan melanin pigmenti sintezini ta’minlovchi
tirozi-naza yetishmasligi tufayli vujudga keladigan irsiy kasallikdir.
Ko‘pincha terining kosmetik nuqsonlari, kozning shox pardasida,
sochlarda o‘zgarishlar roy beradi. Shuningdek, kuyosh nuriga
sezgir-likning oshishi, kozning xiralanib qolishi kuzatiladi.
Parkinsonizm.
Parkinsonizm kasalligi dofamin almashinuvining
buzilishidan kelib chiqadigan asab kasalligidir. DOF-amin esa
dioksifenilalaninning (DOFA) DOFA-dekarboksilaza ta’sirida
dekarboksillanishidan hosil bo‘ladi. Ma’lumki, DOF-amin miya stvolidagi
qora substansiya neyronlarining sinapslarida mediator bo‘lib xizmat qiladi.
Parkinsonizmda DOFA-dekarboksilaza faolligi pasayib ketadi natijada
miyada dofamin kamayadi; DOFA dan esa, N-atsetil-DOF-amin hosil
bo‘ladi. Ushbu kasallikda muskullarning tarang tortib qattiq bo‘lib turishi
(rigidligi), harakatlar qiyinlashadi, titrash kuzatiladi. Bemorlar qoniga
DOFA yuborish kasallikni bartaraf etadi: DOFA DOF-amindan farq qilib
qondan miyaga oson o‘tadi va DOF-aminga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: