Biokimyo pmd


Aminokislotalarning uglerod skeletini o‘zgarishi bilan boradigan



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Aminokislotalarning uglerod skeletini o‘zgarishi bilan boradigan
reaksiyalar
Aminokislotalarning uglerod skeletlarini amfibolik mediatorlarga
aylanishi 1940-yillarda maxsus ovqatlanishlar orqali aniqlangan. Bunda
aminokislotalarning uglerod skeleti uglevodlarni (13 aminokislota),
yog‘larni (1 aminokislota), ham uglevod, ham yog‘larni (5 aminokislota)
hosil qilishi mumkin (24-jadval).
24-jadval
L-aminokislotalarning uglerod skeletini o‘zgarishi
Glyukogen Ketogen Glyukogen va
aminokislotalar
aminokislotalar ketogen aminokislotalar
Alanin Leytsin Izoleytsin
Arginin Lizin
Asparagin Fenilalanin
Sistein Triptofan
Glutamin Tirozin
Glitsin
Gistidin
4-gidroksiprolin
Metionin
Prolin
Serin
Treonin
Valin
Aminokislotalarning uglerod skeletlari aminoguruhi ajralgandan so
ng quyidagi moddalarga aylanishi va Krebs siklida yonishi mumkin.
Glitsin, alanin, leytsin, sistein, serin, treonin, lizin, triptofan atsetil-
KoA; fenilalanin va tirozin atsetil-KoA va fumarat; izoleytsin atsetil-
KoA va suksinil-KoA; arginin, gistidin, glutamin, glutamat, prolin a-
keto-glutarat; asparagin va aspartat oksaloatsetat hosil qilishi mumkin.
Ularning CO
2
va H
2
O jadal parchalanishi natijasida ko‘p miqdorda


282
energiya ajralib chiqadi. Aminikislotalarni jadal atsetil-KoA ga jigarda
parchalanishi keton tanachalarini hosil bo lishiga olib keladi.
Transmetillanish reaksiyalari
Metionin oltingugurt tutuvchi almashinib bo lmaydigan
aminokislotalarga kiradi. Undan sistein va sistin hosil bo‘ladi. Bu 3
oltingugurt tutuvchi aminokislotalar oqsillar tarkibiga kiradi va ularning
gidrolizlanishida erkin holda ajraladi. Shu bilan birga metionin modda
almashinuvi jarayonlarida katta ahamiyatga egadir. Bu uning tarkibidagi
harakatchan metil guruhining bo‘lishidir. Bu metil guruhi boshqa
moddalarga transmetillanish yoli bilan otib turishi mumkin. Bu
jarayonda metioninnig ozi emas balki uning faol hosilasi bo‘lib S-
adenozilmetionin ishtirok etadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin