330
Biologik funksiyalariga
qarab gormonlar 5 guruhga bo‘linadi:
1. Uglevod, yog‘, aminokislotalar
almashinuvini idora etuvchi
gormonlar (insulin, glyukagon, adrenalin, glyukokortikosteroidlar).
2. Suv-tuz almashinuvini
idora etuvchi gormonlar
(mineralokortikosteroidlar, antidiuretik gormon).
3. Kalsiy va fosfatlar almashinuvini idora etuvchi gormonlar
(paratgormon, kalsitonin, kalsitriol).
4. Reproduktiv funksiyaga aloqador
moddalar almashinuvini idora
etuvchi gormonlar (estradiol, progesteron, testosteron).
5. Endokrin bezlar funksiyasini idora etuvchi gormonlar
(kortikotropin, tireotropin, gonadotropin).
85-rasm.
Lipofil gormonlarining ta’sir mexanizmi
331
Gormonlarni yana quyidagi 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1.Qonga ajralib chiqib, sintezlangan joyidan uzoqdagi a’zolarga
ta’sir etadigan gormonlar.
2. Mahalliy ta’sir etadigan gormonlar. Ular o‘zlari hosil bo‘lgan
a’zolardagi moddalar almashinuvini idora etadi (prostaglandinlar,
gista’min, me’da-ichak yoli gormonlari).
Ishlab chiqarilgan joyiga qarab gormonlar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1. Gipofiz gormonlari.
2. Qalqonsimon bez gormonlari.
3. Qalqonsimon old bezi gormonlari.
4. Jinsiy bezlar gormonlari.
5. Oshqozon osti bezi gormonlari.
6. Buyrak usti bezlari gormonlari.
Kininlarning yarim yashash davri 20-30
soniya bo lib, kininazalar
ta’sirida parchalanadi. Kininlar qon tomir silliq muskullarini
bo‘shashtiradi, yani tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir etadi,
arterial bosim
pasayishiga olib keladi. Shuningdek kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini
kuchaytiradi va og‘riqqa sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: