Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

90-rasm. 
Kortizol sekretsiyasining idora etilishi
Kortikotropin 39 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptidli
gormondir. U qonga tushib, buyrak usti bezlari po‘stloq qismi hujayralari
membranalarining maxsus retseptorlari bilan bog‘lanadi va
glyukokortikosteroidlar sintezida qatnashadigan fermentlarni
adenilatsiklaza sistemasi orqali faollashtiradi.
Buyrak usti bezlarining steroid gormonlar ishlab chiqaradigan
hujayralarida bir talay lipid tomchilari bo‘ladi. Bularning asosiy tarkibiy
qismi oleilxolesterindir. Xolesterin o‘z navbatida kortizol o‘tmishdoshi
bo‘lib xizmat qiladi.
Odam buyrak usti bezida bir kecha-kunduz davomida 10 mg atrofida
kortizol hosil bo lib, qonga chiqib turadi.
Glyukoneogenez tezligi odamda soatiga 0dan 3-4g gacha (bir kecha-
kunduzda 80 g atrofida) o‘zgarib turishi mumkin. Uglevodlarga boy
ovqat iste’mol qilgandan keyingi dastlabki soatlarda bu tezlik past
bo‘ladi, jigardagi glikogen zaxiralari tugab borgan sari ortadi. Bir necha
soat davom etgan ochlik paytida eng yuqori darajaga yetadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan uchta gormon insulin, glyukagon va
kortizol moddalar almashinuvini to‘qimalarda uglevodlar, yog‘lar va
oqsillar to‘plab borishdan ovqatni hazm qilish davri tugab, ochlik davri
boshlanganida (hatto qisqa muddatli ochlikda) ulardan foydalanishga


345
o‘tkazadi. Yana bitta gormon adrenalin jismoniy ish davrida va stress
holatlarida glikogen bilan yog‘larning tezdan safarbar bo‘lishini
ta’minlaydi. Korsatib o‘tilgan gormonlar asosan energiya almashinuvini
uglevodlar bilan yog‘larni zaxira qilib to‘plash va safarbar qilib borishni,
uglevod, yog‘lar va aminokislotalar katabolizmini idora etib boradi.
Biroq moddalar almashinuvi boshqa ko‘pgina gormonlarga ham
bog‘liq. Jumladan, somatotropin (o‘sish gormoni) jigarda oqsil
gormonlar somatomedinlar hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Bular xuddi
insulinga o‘xshab muskul va yog‘ hujayralarga glyukoza otishini
kuchaytiradi-yu, lekin undan farq qilib, jigardagi glyukoneogenezni
susaytirmasdan, balki faollashtiradi. Bundan tashqari, somatotropin
insulin bilan glyukagon sekretsiyasini kuchaytiradi
somatostatin
esa
bu jarayonni pasaytiradi. Androgenlar va tiroksin oqsillar sintezi bilan
glyukozaning oksidlanish tezligini oshiradi. Hozir birma-bir aytib
o‘tilgan gormonlarning asosiy funksiyasi, aftidan, o‘sish va morfogenez
bilan aloqador bo‘lgan anabolik jarayonlarni idora etishdan iboratdir.
Ularning uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalar energetik almashinuviga
ko‘rsatadigan ta’siri esa ikkilamchi bo‘lib hisoblanadi.
Qandli diabet
Qandli diabet eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Qandli diabet
bilan og rigan kasallarning soni jahonda 30 mln. kishiga boradi. Bu
kasallikka, asosan, insulin ishlab chiqarilishining buzilishi sabab bo‘ladi.
Diabetning ba’zi shakllarida insulin sintezi susayib qolgan, shunga ko‘ra
uning qondagi miqdori me’yordagidan bir necha baravar kam bo‘ladi.
Bunday shaklga insulin bilan davolash yaxshi natija beradi: 
insulinga
bog‘liq diabet
yoki I turdagi diabet deb kasalliklarning shunday shakliga
aytiladi. Qondagi insulin miqdori me’yorda bo‘lib turadigan shakli
insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet
yoki II turdagi diabet deb ataladi.
Bunday hollarda, insulin sintezi buzilmaydi, balki insulinning retseptor
bilan bog‘lanishi buzilgan bo‘ladi.
Kasallikning har ikkala turi ham insulin yetishmovchiligi tariqasida
namoyon bo‘ladi.
Diabetning asosiy belgilari va ularning kelib chiqishidagi
biokimyoviy mexanizmlar:

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin