348
yaxshi o‘tmaydi, uning to‘planib qolishi hujayralarda osmotik bosim
ortib,
ularning shishib ketishi, bo‘rtishiga va funksiyalarining buzilishiga
olib keladi. Diabetda buyraklar zararlanishiga sabab bazal
membranalarning qalin tortib qolishi va koptokchalardagi kapillyarlar
o‘tkazuvchanligining pasayishidir. Bu glikoproteinlar va
proteoglikanlarning to‘planib qolishiga, kollagenning glyukozillanishiga
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Natijada koptokchalarda
filtrlanish izdan
chiqadi. Ko‘z to‘r pardasida ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuz
beradi. Ko‘z to‘r pardasining shishishi va unga qon quyilishi ba’zi qandli
diabet bilan og‘rigan bemorlar kozining ko‘r bo‘lib qolishiga sabab
bo‘ladi.
Ko‘z gavharidagi kristallin oqsilining glikozillanishi ko‘z gavharini
xiralashtirib qoyadigan ko‘p molekulali agregatlarni hosil qilishga moyil
bo‘ladi, ko‘z gavhari xiralashib qoladi yoki katarakta yuzaga keladi.
Ko‘z gavharining sorbitol to‘planishi tufayli shishib, bo‘rtib
turishi
kristallinlarning tartib bilan joylashishini buzadi, bu ham ko‘z
gavharining xira tortib qolishiga olib keladi. Galaktozemiyada sorbitol
to‘planib qolishi katarakta paydo bo‘lishining birdan-bir sababidir.
Nervlarning zararlanishi miyelin pardasining yupqa tortib qolishi
bilan namoyon bo‘ladi, bu aksonlar o‘tkazuvchanligining izdan
chiqishiga olib keladi. Tananing turli qismlari uvishib qolgandek bo‘ladi,
tuyg‘u hissi o‘zgaradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga
to‘qimalarning kislorod bilan ta minlanishining izdan chiqishi yaxshi
sharoit tug‘diradi. Gemoglobinning glikozillanishi uning kislorodga
yaqinligini, kislorodni biriktirib olish xossasini o‘zgartirib qoyadi. Qon
yopishqoqligi ortib, natijada kapillyarlarda qon oqish tezligi pasayadi.