352
Vitamin D
3
gormon sifatida ta’sir
etadigan moddaning
o‘tmishdoshidir. Bu modda kalsitriol deb ataladi. Kalsitriolning
vitaminga aylanishi jigar va buyraklarda amalga oshadi. Kalsitriolning
nishon a’zolari ingichka ichak va suyak.
Ingichka ichakda kalsiy va
fosfatlarning so‘rilishini, suyaklarda kalsiy metabolizmini jonlantiradi.
Vitamin D
3
organizmga yuborilganda kalsiyni biriktirib oladigan va
uning so‘rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi. Vitamin
D
3
yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi rivojlanadi.
Kalsitonin
Peptidli gormon kalsitonin (32 ta aminokislota qoldig‘ini saqlaydi)
paratireoid bezlar bilan qalqonsimon
bezlarning C-hujayralarida
sintezlanadi. Qondagi kalsiy miqdori ko‘payganda kalsitonin
sekretsiyasi kuchayadi. Nishon hujayralar bo‘lib suyaklar hisoblanadi,
suyaklarda u kalsiy safarbar bo‘lishini susaytirib turadi.
Erkaklar jinsiy gormonlari (androgenlar)
Androgenlarga
testosteron, androsteron va degidroepiandrosteron
kiradi; bulardan eng faoli testosterondir. Androgenlarning biosintezi
asosan urug‘donlarda va qisman tuxumdon
hamda buyrak usti bezlarida
sodir bo‘lib, gipofizning gonadotrop gormonlari (LG va FSG) tomonidan
idora etiladi (91-rasm). O‘z navbatida androgenlar gonodotropinlar
sintezini manfiy teskari bog‘lanish mexanizmi bo‘yicha pasaytiradi. Bu
gormonlarning xususan, testosteronning asosiy manbai va o‘tmishdoshi
atsetil-KoA va xolesterindir.
91-rasm.
Erkaklar jinsiy gormonlari
sintezining boshqarilishi
353
Androgenlarning biologik roli erkaklar organizmida reproduktiv
tizimning takomillashishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liqdir:
ikkilamchi erkaklar jinsiy belgilarining rivojlanishi, urug‘donlarda
spermatogenez, yuz va tanada sochlarning o‘sishi va hokazo.
Shuni ham
ta’kidlash kerakki, androgenlar kuchli anabolik ta’sirga egadir: barcha
to‘qimalarda, ayniqsa, muskullarda oqsil biosintezini stimullaydi,
natijada tana vazni oshadi. Androgenlarning bu ta’siridan, ayniqsa,
sportchilar, ularning analoglaridan (anabolik steroidlar)
foydalanishi
rasm bo‘lib qolgan. Ammo hozir ularni ishlatish sog‘liq uchun zararli
ekanligi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: