Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

101-rasm. 
Kislorodning faol shakllari


370
Vodorod peroksidi eritrotsitlarda ko‘p bo‘ladigan katalaza va
qaytarilgan glutationdan foydalanuvchi glutationperoksidaza ta’sirida
parchalanib turadi:
katalaza
2H
2
O
2
———————

2H
2
O + O
2
glutation peroksidaza
2 H
2
O
2
+ 2GSH —————————

2 H
2
O + O

+ GSSG
Hosil bo‘lgan glutationning oksidlangan shakli pentozofosfat yo‘lida
hosil bo‘lib turgan NADFH
2
ni vodorodi hisobiga qaytarilib turadi va
bu jarayonni glutationreduktaza fermenti katalizlaydi:
glutationreduktaza
GSSG + NADFH

————————————

2GSH + NADF
+
Bu jarayonlar normal holatda eritrotsitlarda O

ni ko‘p to‘planishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Biroq organizmga ko‘p miqdorda oksidlovchi moddalar
tushib qolishi natijasida metgemoglobinning hosil bo‘lishi oshadi. Bu
jarayon o‘z navbatida O
2
-
ni ko‘p hosil bo‘lishiga olib keladi (101-rasm).
Natijada, bu sistema faol shakldagi kislorodni bartaraf etishni uddalay
olmay qoladi. Bularning hammasi superoksid, vodorod peroksid va
kislorodning boshqa erkin shakllarini to‘planishiga, u o‘z navbatida
eritrotsit membranasidagi oqsillar, lipidlarni perekisli oksidlanishga
uchratib, eritrotsitlarning gemoliziga sabab bo‘ladi. Tibbiyot amaliyotida
metgemoglobinreduktazani faolligini irsiy pasayishi natijasida vujudga
keladigan oilaviy metgemoglobinemiya pentozofosfat yo‘lining birinchi
fermenti glyukoza-6- fosfatdegidrogenazaning faolligini irsiy past
bo‘lish holatlarida uchrab turadi. Bunday odamlar oksidlovchilar
ta’siriga ko‘proq sezgir bo‘ladilar.
Kislorod va uglerod dioksidining tashilishi
Kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga, CO
2
ni to‘qimalardan o‘pkaga
qon oqimi orqali tashilishini ta’minlovchi kuchlari ular
konsentratsiyalari gradiyentining qon bilan alveolalar va to‘qima
suyuqligi o‘rtasidagi farqidir. Alveolalar havosida O
2
parsial bosimi


371
100 mm ga teng (simob ustun hisobida). Hujayralararo suyuqlikda bu
ko‘rsatgich 35 mm ga teng.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin