384
4. Boshqa a’zolar uchun zarur bo‘lgan moddalar sintezida, ya’ni
glyukoza, keton tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishida.
5. Organizmda modda almashinuvi jarayonlarida hosil bo‘ladigan
va tashqi muhitdan organizmga
tushgan zaharli moddalarni
zararsizlantirishda.
6. Metabolizm natijasida hosil bo‘lgan ayrim moddalarni
(xolesterin, o‘t kislotalari, o‘t pigmentlari va boshqa moddalar) ichakka
ajratib turishda.
7. Qon
aylanishini boshqarishda, ya’ni qopqa vena sistemasini
umumiy qon aylanish sistemasi bilan bog‘lashda.
8. Qon yaratuvchi markaziy a’zo sifatida (embrionlarda).
9. Qonning ivish jarayonini fibrinogen, protrombin va geparin
ishlab chiqarish yo‘li
bilan boshqarishda;
10. Provitaminlarni vitaminlarga aylantirishda;
11. Temirni tashuvchi transferrin va ferrintinlarni sintezi va boshqa
vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.
Jigarning tuzilishi va shakli jihatidan yetarli rivojlanmasligi undagi
fermentlar faolligining pasayishiga
va metabolik jarayonlarning
o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat bola organizmida giperbilirubinemiya,
giperfenilalaninemiya, gipoproteinemiya, gipoprotrombinemiya,
gipoglikemiya va galaktozemiya kelib chiqishiga olib keladi. Aytib
o‘tilgan o‘zgarishlarning kelib chiqish
mexanizmlarini keyingi
sahifalarda batafsil yoritib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: