ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
102
O’RTA ZARAFSHON HAVZASI RELYEFI. HAVZA LANDSHAFTLARINI HOSIL
QILUVCHI TABIIY VA ANTROPOGEN OMILLAR
O’zbekiston – Finlandiya Pedagogika instituti o’qituvchilari
Orifjonova Iroda Orifjon qizi
1
Xurramova Nazira Xurram qizi
2
Talabalar:
Sirojeva Jasmina Rustamovna
1
,
Ibragimova Go’zal Axmadovna
2
,
Qobilova Marjona Malik qizi
3
.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7932647
Annotatsiya
: Inson tabiat bag’rida yashaydi va o’zining mehnat
faoliyati davomida unga
ma’lum miqdorda ta’sir ko’rsatadi. Natijada tabiatda mutlaqo yangi o’zaro ta’sir yuzaga keladi.
O’rta Zarafshon havzasi landshaftlari o’zining turli tumanligi bilan ajralib turadi va tarixiy
rivojlanishi davomida kuchli o’zgargan. Landshaftlarni o’zgarishini har tamonlama tahlil
qilganimizda birinchi navbatda o’sha hududning joylashgan geografik o’rni,
relyefi va tabiiy
sharoitini o’rganishimiz juda muhimdir.
Kalit so’zlar:
relyef, vodiy, yotqiziqlar, omil, faktor, component, antropogen omil. O'rta
Zaravshan havzasining umumiy maydoni taxminan 8725 km2 ni tashkil etadi.
Zarafshon
tabiiy geografik okrugi O’zbekistonning markaziy qismida, Zarafshon vodiysining
respublikamizga qaraydigan o’rta qismini o’z ichiga oladi. Bu okrug Samarqand va Sangzor –
Nurota botiqlarini o’z ichiga oladi. Okrug g’arbda Xazar yo’lagi
orqali Quyi Zarafshon
okrugidan ajralib turadi. Sharqda Chumqartog’, shimolda Nurota va Sangzor tizma tog’lari
bilan, janubda esa Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog’lari bilan bo’lgan chegara shartli
ravishda Tojikiston bilan bo’lgan davlat chegarasi orqali o’tadi.
Shimoliy va Janubiy Nurota
tog’ tizmalari ajratib turadi. Shimoliy Nurota tog’lariga Qo’ytosh va Nurota tog’lari kiradi.
Nurota tog’lari balandligi chekkalarida 600 m atrofida markazi Hayotboshi cho’qqisi 2169 m
ga boradi. Okrugning shimoliy chegarasi Nurota tog’i suvayirg’ichi orqali o’tadi.Janubiy Nurota
tog’ tizmalari sharqida kenglik bo’ylab 35 km ga cho’zilgan, eng baland nuqtasi 1600 m ga
teng bo’lgan G’ubdintog’dan boshlanadi. Undan shimoli – g’arbda Qorasuv vodiysidan keyin
Qoracha tog’ tizmasi boshlanadi. Qorachatog’ Oqsoy daryosi vodiysigacha davom etadi.
Undan g’arbdagi tog’lar Oqtog’ deb ataladi.Bu tizmaning Langar cho’qqisi (1993 m) biroz
g’arbda
ikki tarmoqqa ajratiladi;Birinchi tarmog’i shimoliy (Bahitog’), ikkinchi tarmog’i esa
janubiy (Qoratog’) tizmalari. Bu ikki tarmoq orasida prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan
tog’ oralig’I tekisligi Arnasoy joylashgan. Uning Mutlaq balandligi sharqida 800 m dan g’arbiga
tamon 400 m gacha pasayib boradi. Sangzor – Nurota botig’I Sangzor, G’allaorol va Nurota
tekislik botiqlaridan tashkil topgan. Sangzor botig’I shimolda Morguzor va janubda Turkiston
tog’ tizmasining g’arbiy chekka qismi bo’lgan Chumqortog’ tog’lari oralig’ida joylashgan.
Uning o’rta qismidan Sangzor daryosi oqib o’tadi. Sangzor vodiysining kengligi botiqning
g’arbida 17 km ni,
sharqida esa, ya’ni daryoning yuqori oqimida 5 – 6 km ni tashkil etadi.
Botiqning shimoli-g’arbiga davom etgan qismi G’allaorol tekisligi deb ataladi. Bu tekislikdan
g’arbda Nurota botig’i joylashgan bo’lib, u Qizilqumga (g’arbga) tamon kengayib boradi.
Janubda Nurota – Sangzor botig’iga parallel holda Zarafshon botig’i joylashgan. Okrug
hududidagi Zarafshon vodiysining o’ziga xos xususiyati shundaki,
u goh kengayadi, goh
torayadi. Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig’i joylashgan.
Uning yer usti tuzilishi yassi tekislikdan iborat bo’lib, g’arbda to Hazar yo’lagigacha 220 km ga