Biokimyo pmd


Qon ivishiga qarshilik qiladigan omillar



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Qon ivishiga qarshilik qiladigan omillar
Qon ivishiga qarshilik qiladigan sistema proteolitik fermentlarni
ingibitsiyalab qo‘yadigan bir to‘p plazma oqsillaridan iborat. Plazma
oqsili – III-antitrombin qon ivishida ishtirok etadigan hamma
proteinazalarni ingibirlab qo‘yadi.
Geparin III-antitrombinning ingibitsiyalovchi ta’sirini kuchaytiradi.
Geparin birikishi ingibitorning trombin va boshqa omillarga yaqinligini
kuchaytiradigan konformatsion o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
104-rasm. 
Fibrinoliz jaroyoni
Antitrombin III qon ivishiga qarshi qondagi asosiy omillardan biri.
Ammo qonda yana proteinazalar ingibitori bo‘lmish omillar mavjud.


381
Shulardan biri – 
γ
-makroglobulindir. U molekula massasi 720 000
bo‘lgan yirik oqsil bo‘lib to‘rtta protomerdan tarkib topgan. Uning
tarkibida ko‘pgina proteinazalar uchun substrat bo‘lib xizmat qiladigan
peptid qismlari bor. Proteinazalar ana shu tuzoq xo‘raklariga kelib
birikishi natijasida ushlanib qoladi. 
α
2
-makroglobulin bilan ferment
kompleksi qondan tez (taxminan 10 daqiqada) chiqib ketadi.


382
XVII BOB
JIGAR BIOKIMYOSI. JIGARNING FAOLIYATI
Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok etuvchi markaziy
a’zolaridan birini tashkil etadi. U ovqatning osh-qozonichak yo‘lida
haz-mlanishi natijasida hosil bo‘lgan moddalarni qopqa venasi orqali
qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga o‘tkazib berishda muhim
vazifalarni baja-radi. Jigar qopqa venasi va jigar arteriyasi hisobiga
oziqlanadi. Jigar arteriyasi uni kislorod va ayrim jigar uchun zarur
bo‘lgan moddalar bilan ta’min-laydi. Qopqa venasi va jigar arteriyasi
jigarda 400 m
2
ga yaqin kapillyaralar to‘rini hosil qilib, undan bir kecha-
kunduzda 9000 l gacha qon o‘tadi. Uning 80% qopqa venasi hisobiga,
20% esa jigar arteriyasi hisobiga to‘g‘ri keladi.


383
Odam jigarining og‘irligi o‘rtacha 1,5 kg ni tashkil etadi. Jigarning
asosiy vaznining 80% jigar hujayralari (gepatotsitlar)dan iborat. 15%
endoteliol hujayralar bo‘lib, shu hujayralarning 30% ini kupfer
hujayralari tashkil qiladi. Jigarda kupfer hujayralaridan tashqari oz
miqdorda qo‘shuvchi to‘qima ham bor. Jigarning umumiy og‘irligining
70% ini suv tashkil qiladi (30-jadval).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin