Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

95-rasm.
Plazma oqsil fraksiyasi


363
Qon plazmasida oqsillar konsentratsiyasining ko‘payib ketishi
giperproteinemiya deb ataladi. Diareya, ko‘p qusish kabi hollarda
organizmdan ko‘p suv yo‘qotish bilan kechadigan kasalliklarda
plazmada oqsil konsentratsiyasi ortadi (nisbiy giperproteinemiya).
Bundan tashqari ayrim infeksion kasalliklarda 
γ
-globulin sintezi
ko‘payishi yoki miyeloma kasalligida maxsus «miyelom oqsillari»
sintezi ko‘payishi natijasida ham giperproteinemiya kuzatiladi.
Qon plazmasida oqsil konsentratsiyasining kamayishi —
gipoproteinemiya deb ataladi. Ko‘pincha gipoproteinemiya qonda
albumin konsentratsiyasining kamayishi hisobiga kuzatiladi. Masalan:
nefroz kasalligida buyrak orqali ko‘p miqdorda albuminning ajralishi,
jigar kasalliklaridagi albumin sintezining pasayishi, qondagi
konsentratsiyasining pasayishiga (gipoproteinemiyaga) sabab bo‘ladi.
Ko‘pincha qonda oqsil konsentratsiyasi o‘zgarmagan holda undagi
ayrim oqsillar fraksiyalarining kasalliklarda miqdoriy o‘zgarishi
disproteinemiya deb ataladi.
96-rasm. 
Qonning shakliy elementlari
Retikulotsitlarda gemoglobin peptid zanjirlari uyg‘unlashgan holda
sintezlanadi, shuningdek gemoglobinning gem qismi ham
retikulotsitlarda sintezlanadi. Gem sintezini birinchi va ikkinchi
fermentlari idora etiladigan fermentlar bo‘lib ularni gem va
gemoglobinlarning ortiqcha miqdorlari tormozlaydi. Ikkinchi tomondan
gemoglobinning peptid zanjirlari faqat gem ishtirokida sintezlanadi.
Demak, gemoglobinning gem va polipeptid qismlari bir-biri sintezini
nazorat qiladi. Shu tufayli sog‘ odamda gemoglobinni miqdori me’yorda
saqlanadi. Gem sintezida ishtirok etuvchi fermentlarni irsiy
yetishmovchilik kasalliklari ma’lum, bunda gem o‘tmishdoshlari


364
ko‘pincha ortiqcha miqdorda hosil bo‘lib, siydik bilan tashqariga chiqib
turadi. Gem almashuvining kam qonlikka olib keluvchi bunday
kamchiliklari porfiriyalar deyiladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin