Biokimyo pmd


Ochlik davrida organizmda vujudga keladigan biokimyoviy



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Ochlik davrida organizmda vujudga keladigan biokimyoviy
o‘zgarishlar
Ochlik chala (ovqatga yolchimaslik) va to‘liq bo‘lishi mumkin.
Chala ochlikning asosiy patologik ko‘rinishlari oqsil yetishmasligiga
bog‘liq bo‘ladi va Kvashiorkorning rivojlanishiga olib keladi. Ushbu
bolimda to‘la ochlik vaqtida roy beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar
kozdan kechirib chiqiladi. Bularni ovqatlanish maromining odatdan
tashqari, favqulodda buzilishi deb hisoblash mumkin.
Falokatlar va tabiiy ofatlar vaqtida yuz beradigan holatlarni hisobga
olmaganda to‘liq ochlik aksari hazm yolining kasalliklari va ovqat
iste’mol qila olmaslik bilan, shuningdek, bemorning ovqatdan bosh
tortishiga sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan
tashqari ba’zi kasalliklarni odamni to‘la och qoldirish yoli bilan
davolanadi.
Toliq ochlikda moddalar almashinuvida roy beradigan
o‘zgarishlarning uch fazasini ajratish mumkin:
Birinchi faza
taxminan bir sutka davom etadi. Bu vaqt ichida
glikogen zaxiralari tugaydi; qondagi insulin konsentratsiyasi ovqat
hazmlanish davridagiga qaraganda 10-15 baravar pasayadi, glyukagon
bilan kortizol konsentratsiyasi esa ortadi. Gormonal holat o‘zgarib, idora
etishning hujayra ichi mexanizmlari ishga tushishi natijasida yog‘larning
safarbar bo‘lish tezligi va aminokislotalar bilan glitserindan glyukoza
hosil bo‘lish (glyukoneogenez) tezligi asta-sekin ortib boradi. Bunga
qaramasdan, qondagi glyukoza konsentratsiyasi me’yorning pastki
chegaralarigacha kamayadi (60 mg/dl ga yaqin) va ochlikning keyingi
davrlarida ham shu darajada turaveradi (glyukoneogenez hisobiga).
Ikkinchi faza
bir hafta atrofida davom etadi. Yog‘larning safarbar
bo‘lishi davom etib boradi, qondagi yog‘ kislotalar konsentratsiyasi
odatda 2 mg\dl dan kam bo‘ladi, bir hafta ochlikdan keyin esa 20-30
mg/dl gacha ko‘payadi. Keton tanachalari ana shunday
konsentratsiyasida bo‘lganida atsetosirka kislota ferment ishtirokisiz
dekarboksillanib, atseton hosil qilish reaksiyasining tezligi sezilarli
bo‘lib qoladi:
CH
3
- CO - CH
2
- COOH 

CH
3
- CO - CH
3
+ CO
2
Atseton organizmda foydalanilmaydi va asosan nafas bilan
chiqariladigan havo bilan hamda teri orqali chiqarib yuboriladi. Och
yotgan kishining og‘zi va badanining terisidan ochlikning uchinchi-


350
to‘rtinchi kunida atseton hidi kela boshlaydi. Ana shu fazada muskullar
va boshqa ko‘pgina a’zolarning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji yog‘
kislotalari va keton tanalari hisobiga qoplanib boradi. Ochlikda qondagi
insulin konsentratsiyasi juda ham past bo‘lganligidan, glyukoza muskul
hujayralariga otmaydi. Bunday sharoitlarda insulinga bog‘liq hujayralar
va avvalambor miya hujayralari glyukoza iste’molchilari bo‘lib qoladi.
Lekin, bu davrda miyada ham energiyaga bo‘lgan ehtiyojning bir qismi
keton tanachalari bilan ta’minlanib boradi. Glyukoneogenez to‘qima
oqsillari parchalanishi hisobiga davom etadi. Moddalar almashinuvining
jadalligi umuman susaygan bo‘ladi: bir hafta ochlikdan keyin kislorod
iste’moli taxminan 40 foizga kamayadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin