Biokimyo pmd


Uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalarning almashinuviga



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalarning almashinuviga
gormonlarning ta’siri
Insulin oqsil tabiatiga ega bo‘lgan gormon bo‘lib, oshqozon osti
bezining Langergans orolchalari b-hujayralaridan proinsulin holatida
sintezlanadi va qisman proteoliz yoli bilan insulinga aylanadi (88-rasm).
88-rasm.
Insulinning organizmda o‘zgarishi


341
Insulinning ta’sir etish mexanizmi organizmda modda almashinuv
jarayonlarining insulinga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi talaygina
ma’lumotlar bo‘lishiga qaramay, hanuzgacha to‘liq o‘rganilgan emas.
«Unitar» nazariyaga muvofiq insulinning glyukoza almashinuviga ta’siri
geksokinaza fermenti orqali sodir bo‘ladi. Ammo yangi olingan
eksperimental dalillar ionlarning va aminokislotalarning transport
qilinishi, oqsil va boshqalar sintezi kabi jarayonlarning insulin
tomonidan kuchayishi va stimulyatsiya qilinishini mustaqil ekanligini
ko‘rsatadi (89-rasm). Bu esa insulin ta’sir qilinishining ko‘p tomonlama
ekanligini taxmin qilishga asos bo‘ladi. Hozirgi vaqtda insulin va boshqa
barcha oqsil tabiatli gormonlar birlamchi ta’sirining membranada
joylashganligi ma’lumdir. Insulin maxsus retseptorining yog‘ hujayralari
tashqi plazmatik membranasida joylashganligi hamda insulin-retseptor
kompleksining hosil bo‘lishi isbotlangan; bu jarayonda sial kislota
ishtirok etadi. Insulin retseptori glikoprotein bo‘lib, molekulyar og‘irligi
135000 Da atrofidadir. Insulin-retseptor kompleksidan hujayra ichki
jarayonlarga axborot o‘tkazilishining keyingi yollari to‘liq aniqlangan.
Yog‘ hujayralari va qisman jigar hujayralariga insulin axborotning
o‘tishida adenilatsiklaza va sAMF ishtirok etishi taxmin qilinmoqda;
muskullarda gormon ta’siri sAMF ishtirokisiz o‘tadi. Chunki insulin
ta’sirining hujayra-ichki vositachisi, maxsus hujayra ichki retseptori
mavjudligini va insulin-retseptor kompleksining genom orqali ta’sir
etishini qayd etish lozim. Insulin ta’sirining amalga oshishida, binobarin,
uning gormonal ta’sirining o‘tkazilishida natriy, kaliyga bog‘liq ATF-
aza ham muhim rol o‘ynaydi (uning faolligini ham insulin boshqaradi);

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin