394
kabi gormonlar esa glikogenning parchalanishini tormozlaydi va
qondagi glyukozaning miqdorini kamaytiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan gormonlarning glikogen sinteziga va
parchalanishiga ta’siri turlichadir. Masalan: insulin glyukoza-6-fosfataza
fermentini
faolligini pasaytirib, glyukokinaza va glikogensintetaza
faolligini oshirish orqali glikogenni jigarda to‘planishini kuchaytiradi.
Glyukokortikoidlar piruvatkarboksilaza fermentining faolligini
oshirib, aminokislotalardan karbonsuvlar sintezini kuchaytiradi.
AKTG glikogen sintezini buyrak usti bezida glyukokortikoidlarning
ishlab chiqarilishining ko‘payishi hisobiga tezlashtiradi.
Adrenalin va glyukagon glikogenning parchalanishini
hujayra ichida
joylashgan fosforilaza faolligini oshirish hisobiga kuchaytiradi.
Oshqozon osti bezidan glyukagon gormoni ajralishining ko‘payishi
hisobiga somatotrop gormon glikogen miqdorini kamaytiradi. Jigardagi
glikogenning almashinuviga Krebs halqasi substratlari ham ta’sir qiladi.
Ular miqdorining oshishi glikogenolizni kuchayishiga olib keladi. Yog‘
kislotalari piruvatkinaza va fosfofruktokinazaning faolligini pasaytirib,
glikolizni susaytiradi va glyukoneogenezni jadallashtiradi.
ATF
miqdorining kamayishi, AMF, ADFlar miqdorining ortishi
glikogenolizning kuchayishiga, aks holda
esa glikogen sintezining
kuchayishiga olib keladi.
Jigar glikogenni faqatgina glyukozadan sintez qilib qolmay, boshqa
monosaxaridlardan,
shu jumladan, fruktoza, sut va pirouzum
kislotalaridan ham sintez qiladi. Glyukozaga
qaraganda fruktozadan
glikogen osonroq hosil bo‘ladi.
Jigar to‘qimasida glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan
glyukuron kislota — UTF (uridiltrifosfat) bilan reaksiyaga kirishib
UDFG (uridildifosfoglyukuron kislota)ni hosil qilib,
organizmda
vujudga keladigan va unga tushgan zaharli moddalarni zararsizlantiradi.
Jigar hujayralarida glyukuron kislotasi kam hosil bo‘lishi va UDFG
miqdorining kamayishi uning antitoksik funksiyasining buzilishiga olib
keladi. Jigar va mushaklar glikogen saqlaydigan asosiy a’zolar bo‘lib,
ularning hisobiga barcha to‘qimalar glyukoza bilan ta’minlanadi va
qondagi glyukoza miqdori bir me’yorda tutib turiladi.
Kaliy
ioni glyukoneogenez, natriy esa glikogenoliz reaksiyalarining
borishiga ta’sir qiladi. Jigar to‘qimasida kaliyning miqdori qon
plazmasidagiga qaraganda 10 marotaba ko‘p bo‘lsa,
natriyning miqdori
esa 2 marotaba kamdir.